09:48 (14.04.2023)
2794
Chilonzor tumani IIO FMBdan olingan xabarga koʼra, joriy yilning 1 aprelь kuni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash hamda sotish holatlariga chek qoʼyishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davomida, «Spark» rusumli avtomashinani boshqargan 34 yoshli fuqaro toʼxtatilgan.
Xolislar ishtirokida tekshiruv natijasida, avtomashina yukxonasida 200 dona «Tropikamid» va 1674 ta “Regapen” dori vositalari borligi aniqlanib, olib qoʼyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.