09:55 (24.03.2023)

2426

Marion Biotech kompaniyasi litsenziyasi bekor qilindi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtati hukumati Oʼzbekistonda 18 nafar bolaning oʼlimiga sabab boʼlgan yoʼtal siropini ishlab chiqargan Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi litsenziyasini bekor qildi, deb xabar bermoqda Press Trust of India.

"Yanvar oyidan boshlab firma litsenziyasi toʼxtatildi, shundan soʼng batafsil tekshiruv boshlandi. Endi firma litsenziyasi Uttar-Pradesh giyohvand moddalarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bekor qilindi. Firma endi sirop ishlab chiqara olmaydi", dedi hukumat vakili.

Avvalroq, davlat laboratoriyasida oʼtkazilgan tekshirish natijalariga koʼra, tergov Marion Biotech dori namunalari “soxtalashtirilgani” va sifat standartlariga javob bermasligini aniqlagan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech