10:04 (18.04.2023)

2749

Muddati oʼtgan dori vositalarni kanalizatsiya quvurlariga oqizish mumkin emas — mutaxassis

Hozir kunda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari oʼrtacha 2-5 yilga moʼljallangan. Аmmo koʼrsatilgan muddatdan koʼra qanday sharoitda saqlanishi muhim.

Maxsus dorixonalarda tayyorlanib beriladigan suyuq preparatlar 2-3 kun, kukun holida suv aralashtiriladiganini esa 12-14 kungacha qoʼllanilishi mumkin. Uy sharoitida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni esa uch kundan ortiq saqlab boʼlmaydi.

Foydalanish jarayonida, albatta, muzlatkichda turishi kerak. Аgar suyuq preparat yuzasida koʼpik yoki rangining xiralishishi kuzatilsa, undan voz keching!

Muddati eskirgan dorilarni esa kanalizatsiya quvurlariga oqizish mumkin emas! Yaxshisi, qutisiga solib, ogʼzini berkiting-da, chiqindi chelagiga tashlang.

Muattar Xoʼjaeva, Farmatsevtika fanlari nomzodi, dotsent

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech