09:10 (14.04.2023)

2885

Naʼmatak yogʼining foydasi

Naʼmatak yogʼi ushbu oʼsimlikning urugʼidan olinadi. U vitaminlarga boy boʼlib, ular orasida V guruhi vitaminlari, C, Ye, R vitaminlari va betakaroten mavjud. Bundan tashqari, naʼmatak yogʼida toʼyinmagan va toʼyingan yogʼ kislotalari, tokoferollar, karotenoidlar va boshqalar bor.

Preparatning foydasi juda katta. Naʼmatak yogʼi tanadagi toʼqimalarni tiklashga va organizmda gormonlar ishlab chiqarishga yordam beradi, metabolizmni faollashtiradi, yalligʼlanishga qarshi samarali hamda umumiy tiklovchi taʼsirga ega, qon tomirlarining oʼtkazuvchanligini pasaytiradi.

Qabul qilinadi:

- organizmda C va R vitaminlari yetishmasligida;

- stomatit va gingivitda;

- terining shikastlanishi: yotoq yaralari, kuyishlar, trofik yaralarda;

- dermatozlarda;

- safro haydovchi vosita sifatida;

- yarali kolitda.

Kosmetologiyada naʼmatak yogʼining mashhurligini alohida taʼkidlash kerak. U terining holatiga juda ijobiy taʼsir qiladi: qarish belgilariga qarshi kurashadi, ajinlar va yosh dogʼlarini yoʼqotadi, teri osilishi belgilari paydo boʼlishining oldini oladi. Qon tomirlariga taʼsiri tufayli mahsulot teri va soch hujayralarini oziq moddalar bilan toʼyintiradi, namlaydi, teri va sochni sogʼlomlashtiradi.

Klizma shaklida naʼmatak moyi kolitda, organizmda esa xoletsistitda qoʼllaniladi.

Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar:

- preparatga individual sezuvchanlik;

- oʼt tosh kasalliklarida.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech