14:17 (14.06.2023)
2180
Soliq kodeksiga kiritilgan oʼzgartirishga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlar (istisnolar bor) 2028 yil 1 yanvargacha:
➖ foyda soligʼi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʼyicha toʼlaydi;
➖ ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʼyicha, YaTTlar esa yiliga BHMning bir baravari (330 ming soʼm) miqdorida toʼlaydi.
❗️ Аgar soliq toʼlovchi mazkur imtiyozlar bilan bir qatorda bir vaqtning oʼzida boshqa asoslar boʼyicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega boʼlsa, bunday soliq toʼlovchi oʼz ixtiyoriga koʼra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli boʼladi.