09:31 (25.04.2023)

2359

Olimlar paratsetamol ustida tadqiqotlarni davom ettirmoqda

Paratsetamoldan uzoq muddat foydalanish qon bosimi yuqori boʼlgan bemorlarda yurak xastaligi va insult ehtimolini oshiradi. Bu haqda Edinburg universiteti mutaxassislarining tadqiqot maʼlumotlariga tayanib, Circulation jurnali xabar bermoqda.

Tadqiqotda yuqori qon bosimiga ega boʼlgan 110 nafar koʼngilli ishtirok etdi. Ikki hafta davomida ular kuniga toʼrt marta paratsetamol, boshqalari esa platsebo qabul qilishdi. Shu bilan birga, subʼektlarning uchdan ikki qismi ham qon bosimi tushirish uchun dorilarni ichishgan. Natijada, subʼektlarda oʼrtacha qon bosimi ortishi aniqlandi. Tadqiqot ishtirokchilari preparatni qabul qilishni toʼxtatgachgina qon bosimi meʼyorga tushdi.

Mutaxassislarning fikricha, paratsetamoldan muntazam foydalanish yurak xastaligi yoki insult xavfini taxminan 20 foizga oshirishi mumkin.

Аvvalroq paratsetamol qabul qilish jigarga zararligi haqida maʼlum boʼlgan edi. Bundan tashqari shishiq, qabariq bilan kechadigan allergik qizil toshma qoʼzgʼatishi mumkin.

Paratsetamol Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining hayotiy muhim dori vositalari roʼyxatiga kiritilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech