08:44 (23.06.2023)

2398

Oʼzbekistonga Irkutsdan glyukometrlar va test-tasmalari eksport qilinadi

2023 yilda “Medtexservis”kompaniyasi Oʼzbekistonga oʼzining tibbiy asbob-uskunalari – glyukometr va qandli diabetda qand miqdorini nazorat qiluvchi test-tasmalarini eksport qilishni boshlaydi. Ishlab chiqaruvchi zavod Irkutsk viloyatida joylashgan. Shartnoma haqidagi maʼlumotlar viloyat hokimiyatining veb-saytida joylashtirilgan.

Birinchi yetkazib berishlar 17 million rubl miqdorida boʼlishi kutilmoqda. Irkutsk test-tasmalari va glyukometrlar Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab dorixonalar tarmogʼi orqali tarqatiladi. Bundan tashqari, mamlakatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ham koʼrib chiqilmoqda.

2018 yilda Irkutskda diabetga chalinganlar uchun tibbiy asboblar zavodi ochilgan va 2019 yilda ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. «Bu Rossiyada bunday mahsulotlarni ishlab chiqarishning toʼliq sikliga ega yagona korxona. 2022 yilda kompaniya oʼz mahsulotlarini Rossiyada sotish hajmini ikki baravar oshirdi. Keyingi qadam – tashqi bozorlarga chiqish», — dedi Irkutsk viloyati iqtisodiy rivojlanish va sanoat vaziri Natalьya Gershun.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech