09:58 (16.03.2023)

4653

​​Qanday dorilarni tabletka qutisida saqlash mumkin emas?

Tabletkalar qutisi - bu tinmay dori ichib yurishi kerak boʼlgan odamlar uchun ajoyib devays. Lekin barcha dorilarni ham bu qutida saqlab boʼlmaydi.

Suvga solganda yoki ogʼiz boʼshligʼida erib ketadigan dorilar, ogʼiz boʼshligʼida joylashgan mikro-qon tomirlar orqali soʼriladigan bukkal tabletkalar, til tagiga tashlanadigan (sublingval) dorilar tabletkalar qutisida saqlanmasligi kerak. Ularning parchalaninishi oson, oddiy namlik taʼsirida ham tez parchalanib ketadi. Bu dorilarning barini asl qadoqda saqlash darkor.

Shuningdek mazkur dori vositalarini asl qadoqdan olayotganda qoʼllaringiz quruq boʼlishiga ham eʼtibor qarating.

Yana antibiotiklar ham tabletkalar qutisida saqlanmaydi, chunki bu dori vositalaring aksariyati tashqi muhit taʼsirida oʼz faolligini yoʼqotadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech