15:49 (07.03.2023)

2082

H2 roʼyxatidagi preparatlarning QR kodlari: ular qalbakilashtirish muammosini hal qiladimi?

ETHealthworld ushbu tashabbusning amalga oshirilishi va Hindiston farmatsevtika sanoati kurashayotgan qalbaki dori-darmonlar savdosini cheklashning taʼsirini tushunish uchun baʼzi soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi. N2 roʼyxatidagi preparatlar uchun QR kodlari/shtrix-kodlarini joriy etish Hindiston bozorida qalbaki dorilar muammosini hal qilishi mumkin, ammo bozorda qalbaki yoki sifatsiz dori-darmonlar sotilishini bartaraf eta olmaydi.

Mumbay: sogʼliqni saqlash va oila farovonligi vazirligi (MoHFW) 2022 yil 17 noyabrda byulleten chiqardi. Rasmiy gazetalarda bu byulletendagi ma`lumotlar 2022 yil 15 iyunda ommaga eʼlon qilindi, unda qoidalar loyihasi boʼyicha jamoatchilikdan kelib tushgan eʼtirozlar va takliflar markaziy hukumat tomonidan koʼrib chiqildi.

Xabarnomaning mohiyati quyidagilardan iborat: H2 ilovasida keltirilgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar oʼzlarining asosiy qadoqlari yorligʼiga shtrix-kod yoki tezkor javob (QR) kodini chop etishlari yoki birlamchi qadoq yorliqda joy yetarli boʼlmasa, ikkilamchi qadoqning yorligʼida autentifikatsiyani osonlashtirish uchun dasturiy taʼminot tomonidan oʼqilishi mumkin boʼlgan maʼlumotlarni saqlaydigan QR kodlarni qoʼshib qoʼyishlari kerak. 2023 yil 1 avgustdan boshlab farmatsevtika kompaniyalari H2 ilovada koʼrsatilgan 300 ta ishlab chikaruvchilarning dori  vositalarida QR kodlari/shtrix-kodlarni qoʼllashi shart.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech