09:09 (10.04.2023)
2523
Rossiya Federatsiyasi hukumati sogʼliqni saqlash va dori vositalarining muomalasi sohasida ruxsat berish rejimlarining xususiyatlarini tasdiqladi.
Endi shifoxonalarning alohida boʼlimlari – ambulatoriyalar, felьdsherlik va feldsherlik-akusherlik punktlari, umumiy tibbiy amaliyot boʼlimlarida ishlaydigan shifokorlar qishloq aholi punktlarida farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishlari mumkin. Shifoxona farmatsevtika faoliyati bilan shugʼullanish uchun litsenziyaga ega boʼlishi kerak. Bu yengillik dorixonalar boʼlmagan qishloq joylariga taalluqlidir.
Bundan tashqari, alohida boʼlinmalari boʼlgan tashkilotlarning tibbiy faoliyatini litsenziyalashda litsenziya talabgori dori vositalarining chakana savdosi, tarqatilishi va saqlanishi boʼyicha bajarilgan ishlarni koʼrsatgan holda farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish maqsadida litsenziya olish uchun ariza berish huquqiga ega. Bunday faoliyat tashkilotning alohida boʼlinmalari tomonidan, ariza beruvchining farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Shuningdek, hujjatda Sogʼliqni saqlash vazirligi xodimning tibbiy yoki farmatsevtika faoliyatiga mutaxassislik guvohnomasi yoki akkreditatsiyadan oʼtmasdan qabul qilinishi mumkin boʼlgan holatlar va shartlarni aniqlash huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.