14:52 (21.06.2023)

2221

Kichik shaharlarda eng koʻp haq toʻlanadigan tibbiyot yoʻnalishidagi boʻsh ish oʻrinlari tahlil qilindi

SuperJob yuqori maoshli ish qidirish xizmati Rossiyaning 500 000 dan 1 million kishigacha bo'lgan shaharlaridagi 50 000 bo'sh ish o'rinlarini tahlil qilib, iyun oyining tibbiyot sohasidagi eng koʻp maosh beriladigan takliflarini avtomatik ravishda tanlab oldi.

Xabarovsk, Tomsk, Ryazan, Yaroslavl, Orenburg, Naberejnye Chelni va Penzada shifokorlar uchun boʻsh ish oʻrinlari eng koʻp haq toʻlanadigan lavozimlar orasida birinchi oʻrinda turadi. Iyun oyida ular Tomsk tibbiy-diagnostika markazidagi ortoped-tish shifokoriga va Penzadagi eng yirik koʻz klinikasidagi oftalmolog-jarrohga  200 000 rubl yoki 2 300 dollardan boshlab maosh toʻlashga tayyor.

Bundan tashqari, Xabarovskdagi profilaktika va diagnostika markazida anesteziolog-reanimatologga 90 ming rubl (1000 dollar atrofida), Ryazandagi dermatovenerologga 100 ming rubldan (deyarli 1200 dollar), Orenburgdagi stomatolog-terapevtga 80 ming rubldan (950 dollardan sal koʻproq), Naberejniye Chelni shahridagi klinikasida terapiya boʻlimi mudiriga - 100 000 rubldan (1200 dollar) maosh vaʼda qilingan. Yaroslavlda esa jarrohga 65 000 rubl (775 dollar) miqdorida maosh taklif etiladi.

Iyun oyida eng yuqori ish haqi takliflari orasida yuqori va oʻrta menejerlar, IT mutaxassislari, savdo va mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha menejerlar, muhandislar va haydovchilar uchun boʻsh ish oʻrinlari ham bor. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech