08:47 (07.07.2023)

2364

Sanitariya-epideomologiya sohasi xodimlari uchun malaka oshirish markazi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2023 yildagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 272-son qarori qabul qilindi. 

20 kishidan iborat Markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzurida tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

  • aholini sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash yoʻnalishida fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
  • ushbu sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 

Markaz direktori lavozimi boʻyicha oliygohning dekaniga, oʻrinbsori – dekan oʻrinbosariga tenglashtirilmoqda. 

Ikki oy ichida Markazni tajribali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish uchun ochiq tanlov oʻtkaziladi. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.07.2023 yildan kuchga kirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech