09:06 (23.03.2023)

1960

Saratonga qarshi dorilar yaratishning samarali yoʼli topildi

Rossiya va Misr olimlari oʼzaro hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish yoʼlini topdi.

Buning uchun ikki yondashuv — molekulyar modellashtirish hamda hujayralarni oʼstirish usullari umumlashtirildi. Chunki hozirgacha maʼlum usulda onkologik xastaliklarga qarshi samarali preparat yaratish uchun polimer nanozarrachalarini olishga qaratilgan optimal birikma va texnologiyani tanlash kerak.

Negaki, ushbu oʼta mitti zarralar dorilarning saraton oʼsimtasiga tezroq va yaxshiroq etib borishiga yordam beradi. Аmmo bu usul uzoq vaqt talab etishidan tashqari, juda qimmatga tushadi.

Shu maʼnoda, ikki yondashuv kombinatsiyasi dori vositalari xususiyatlari va taʼsirini eksperementdan avval taxmin qilish imkonini beradi. Shu tariqa optimal tarkib shakllantirilib, samarasiz deb baholangan birikmalar undan chiqarib tashlanadi. Bu esa kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratishga xizmat qiladi.

Tadqiqot chogʼida yangi usul saratonga qarshi preparat — karboplatin va uning muqobillarida sinab koʼrildi. Olimlar bu dorining yangi hosilalarini tahlil qilib, ularning biologik faolligini baholadi.

Yakunda polimer nanozarralari tarkibidagi yangi hosilalar saraton kasalligini davolashda yuqori natija berishi maʼlum boʼldi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech