15:31 (15.05.2023)
2568
Dori vositalarini tashish vakolatli, litsenziyaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Tashish jarayonida majburiy shart sovuqlik zanjiri deb ataladigan qoidaga rioya qilishdir.
Sovuqlik zanjiri- noyob tizim, jarayondir. U bir vaqtning oʼzida bir nechta asosiy elementlarni oʼz ichiga oladi, ularsiz dori vositalarini tashishni toʼgʼri tashkil etish mumkin emas. Bular statsionar sovutish moslamalari, transport vositalari, konteynerlar va boshqa yordamchi uskunalardir. Vaktsinalar va boshqa dorilar uchun yaxshi tashkil etilgan sovuqlik zanjir ularni buzilmasdan yetkazib berish imkonini beradi.
Farmatsevtika mahsulotlarini tashishda ishlab chiqaruvchi kompaniyaning tavsiyalarini inobatga olgan holda sovuqlik zanjiriga rioya qilinishi kerak. Faqatgina toʼgʼri harorat rejimi bilan dorilarning foydali xususiyatlarini saqlab qolish mumkin. Haddan tashqari muzlash yoki qizib ketish farmatsevtika mahsulotlarining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, faqat zarur jihozlar va malakali xodimlarga ega boʼlgan, ixtisoslashtirilgan, litsenziyaga ega tashkilotlargina dori vositalarini tashish bilan shugʼullanishi mumkin.
Ixtisoslashgan kompaniyalarda dori vositalarini tashishda quyidagilar qoʼllaniladi:
Barcha jihozlar majburiy tekshiruvdan oʼtadi. Dori-darmonlarni tashish uchun mos ekanligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Sovuqlik zanjirida bir necha darajalar va bosqichlar mavjud. Dori vositalari sovuqlik zanjiri asosida:
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, dori vositalarini ishlab chiqarishdan tortib, aholiga yetkazilgungacha boʼlgan jarayonda sovuqlik zanjiri juda muhim.