17:15 (07.07.2023)

1754

Sunʼiy intellekt akusherlik va ginekologiya boʼyicha sinov imtihonida odamlardan yaxshiroq natija koʼrsatdi

Bo'lajak mutaxassislar uchun o'tkazilgan akusherlik va ginekologiya bo'yicha sinov imtihonida ChatGPT sun'iy intellektga ega chatbot qo'shimcha tayyorgarliksiz qatnashgan ishtirokchilarga qaraganda yaxshiroq natija ko`rsatdi. Ushbu tajriba tadqiqotning bir qismi sifatida tashkil etilgan bo'lib, uning maqsadi sun`iy intellekt bo'lajak shifokorlar uchun imtihon topshiriqlarini qanday bajarishini aniqlash edi. 

ChatGPT bemor bilan muloqot qilishda hamdardlik ko'rsatish, anamnez ma'lumotlarini yig'ish va klinik ma'lumotlarga asoslangan holda fikr yuritish kabi jihatlar bo'yicha yuqori ball oldi. Tadqiqot American Journal of Obstetrics and Gynecology jurnalida chop etildi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, chatbot tomonidan to'plangan o'rtacha ball 77,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, odamlar o'rtacha 73,7 foizni olishga muvaffaq bo'lishdi. Shuningdek, sun`iy intellekt har bir topshirig‘ni o‘rtacha 2 daqiqa 54 soniyada bajargan. Biroq, topshiriqlarni bajarish uchun rekord vaqtga qaramay, ChatGPT ba'zi savollarga javob berishda ishtirokchilardan o`ta olmadi. Maksimal xolislikni ta'minlash uchun barcha imtihon topshiruvchilarning javoblari anonim ravishda imtihon komissiyasiga taqdim etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech