10:14 (15.03.2023)

3028

Toshkent shahrida "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro konferentsiya oʼtkazildi

Unda davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Mazkur konferentsiyada dori vositalari va biologik faol qoʼshimchalar reklamasi, undagi muammo hamda yechimlar, mahsulot va xizmatlar haqidagi maʼlumotlarni isteʼmolchilarga yetkazishda reklama va toʼgʼri marketing yondashuvining ahamiyati, Moliyaviy xizmatlarda isteʼmolchilarning huquqlari: Yevropa amaliyoti mavzularida konferentsiyada fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda Oʼzbekiston hamda xalqaro tashkilotlar rahbar va masʼul vakillarining sohadagi yangilik, muammo va yechimlar yuzasidan taqdimotlari boʼlib oʼtdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech