10:52 (09.03.2023)

2926

Navroʼz bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 5 kun dam oladi

Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan:

▪️ besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);

▪️ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha koʼchiriladi:

➖ 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
➖ 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.

Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga toʼgʼri keladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qoʼshimcha dam olish kunlari boʼladi.

❗️Ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech