10:52 (09.03.2023)
2923
Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida”gi farmoniga muvofiq, Navroʼz umumxalq bayrami munosabati bilan:
▪️ besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22 mart kunlari);
▪️ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 4 kun (19-22 mart kunlari) ketma-ket dam oladi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha koʼchiriladi:
➖ 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
➖ 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga.
Shuning hisobiga besh kunlik ish haftasida ishlaydigan 11 va 25 mart kunlari ishga chiqishlariga toʼgʼri keladi.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 20 mart — dushanba va 22 mart — chorshanba kunlari qoʼshimcha dam olish kunlari boʼladi.
❗️Ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun 23 mart, payshanbadan boshlab odatdagi ish kuni hisoblanadi.