Respublikaning barcha hududlarini doimiy asosda arzon narxlarda yuqori sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlaydigan dorixona tashkilotlarining keng tuzilmasi yaratildi. 2022 yil 1 aprelь holatiga koʼra, barcha hududlarda dorixonalar va filiallar soni 2061 ta chakana savdo shoxobchalarini tashkil etadi, ularning 64% qishloq joylarda joylashgan boʼlib, bu aholini zarur hayotiy ahamiyatga ega dori-darmonlar bilan kafolatli taʼminlash boʼyicha davlat siyosatini amalga oshirishga yordam beradi.
2004 yilda Oʼzbekiston farmatsevtika bozorini tadqiq qilish, mamlakatda oʼz vakolatxonalariga ega boʼlmagan ishlab chiqaruvchilar uchun dori vositalarini roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha xizmatlar koʼrsatishga ixtisoslashgan «Dori Darmon Invest» MChJ tashkil etildi.
2005 yilda umumiy maydoni 2000 kv. m bojxona omboriga ega boʼlgan «Dori-Darmon Garant» MChJni tashkil etish toʼgʼrisida buyruq imzolanib, uning asosida import qilinayotgan dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni saqlash boʼyicha zamonaviy xizmatlar koʼrsatilmoqda. 2012 yilda Oʼzbekistonda ilk bor avtomatlashtirilgan saqlash va logistika tizimlari qoʼllaniladigan “Аqlli ombor” kontseptsiyasining keng koʼlamli loyihasi amalga oshirildi.
2007 yilda Oʼzbekistonda «Elysee Parfumerie» brendi ostida taqdim etilgan «Dori Darmon HCP» MChJ tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati - lyuks sinfiga mansub kosmetika va parfyumeriya vositalarining chakana savdosini yuritishdan iborat.
2010 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Аholini, shuningdek, tibbiyot-profilaktika muassasalarini yuqori sifatli dori vositalari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish toʼgʼrisida”gi tadbirlar rejasiga muvofiq, ISUZU rusumli avtomobillar asosida 14 ta “koʼchma dorixonalar” tashkil etildi. 2014-yilda qoʼshimcha ravishda Chevrolet Damas asosida 50 ta koʼchma dorixonalar yaratildi. Bugungi kunga kelib 119 ta ana shunday “koʼchma dorixona”lar samarali faoliyat koʼrsatmoqda.
2010 yilda Samarqand shahrida GMP xalqaro standartlariga muvofiq inʼektsion dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish maqsadida «InegtraDD» MChJ korxonasi tashkil etildi. Rivojlangan infratuzilmaga ega zavodning umumiy maydoni 11200,0 kv. m ga teng.
2010 yilda mahsulotlarni sotish jarayonini maksimal ravishda optimallashtirish, tovarlar zaxiralarini boshqarish, shuningdek, amaliy va tahliliy nazoratni samarali amalga oshirishga imkon beradigan M-Аpteka Plyus dasturi joriy etildi.
2011 yilda «DD General Insurance» АJ tashkil etilgan boʼlib, uning asosiy vazifasi yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlarini ishonchli sugʼurta himoyasini taʼminlashdan iborat. Bugungi kunda kompaniya koʼplab ixtiyoriy sugʼurta turlari boʼyicha oʼzining salohiyatli mijozlar bazasiga ega. 2021 yil natijalariga koʼra «Standard and Sensetive Ratings» reyting agentligi tomonidan kompaniyaga milliy shkala boʼyicha toʼlov qobiliyati va ishonchliligi boʼyicha «uzА++» (eng yuqori) reytingi berildi va “Barqaror” prognozi tayinlanib, bu kompaniyaning barcha majburiyatlarini va sugʼurta polislari egalarining talablarini oʼz vaqtida va toʼliq bajarishidan dalolat beradi. Kelgusida majburiy tibbiy sugʼurta yoʼnalishini rivojlantirish rejalashtirilgan.
2013 yilda GMP standartlariga javob beradigan (Tegishli ishlab chiqarish amaliyoti), umumiy maydoni 6500 m2 ga teng markaziy ombor qurildi.
2013 yilda Samarqand shahridagi «InegtraDD» MChJ negizida xalqaro standartlarga (GMP) muvofiq, yiliga 60,0 mln. dan ortiq ampula ishlab chiqarish imkonini beruvchi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi. 2021 yilda korxonani moliyaviy sogʼlomlashtirish uchun «Integra DD» MChJning 51% bolgariyalik investorlar – «Mandjukov Farma» kompaniyasiga 2 mln. АQSh dollariga sotildi.
2013 yilda Sirdaryo viloyatida umumiy maydoni 4740,37 kv. m «Dori-Darmon» АK logistika markazi qurildi. Ushbu markaz dori vositalarini saqlash, tashish va ortish uchun moʼljallangan eng yangi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
2014 yilda ombordagi barcha jarayonlarni avtomatlashtirilgan rejimda boshqarish, optimallashtirish va rejalashtirishni taʼminlaydigan «Lead WMS» dasturiy kompleks uchun toʼliq initegratsiyalashtirilgan «SCHAFER» konveyer tizimi ishga tushirildi.
Аholiga kompaniyaning poytaxtdagi chakana savdo tarmogʼida mavjud boʼlgan dori vositalari, tibbiyot buyumlari va parafarmatsevtika mahsulotlari haqida tunu kun maʼlumot taqdim etadigan «Dori-Darmon» - 1002 koʼp kanalli axborot - maʼlumot liniyasi ishga tushirildi.
Ovozli o`qish
Saytda ovozli oʼqish imkoniyati mavjud, Matnni ovozli eshitish uchun matinni belgilang va paydo bolgan tugmani ustiga bosing
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech