Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan xodimlar

 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi Salixbaeva Umida Saidovna Mudofaa vazirligining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

     

«Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Salixbaeva Umida Saidovna  Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik koʼrsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan   I darajali «Salomatlik» ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning qator farmonlariga muvofiq, mustaqilligimizning 29 yilligi arafasida bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi. 

  • Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Qurbonov Bahodir Nizomovich tomonidan el-yurt salomatligi va qolaversa, mudofaa vazirligi tizimini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash borasidagi kamtarona va fidoyi xizmatlari uchun “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisi Salixbaeva Umida Saidovnaga “Vatan himoyasi – mardlar kasbi” yozuvi hamda Mudofaa vazirligi ramzlari tushirilgan koʼkrak nishon topshirdi.
  •    “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining bir guruh xodimlari “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan "Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash aʼlochisi" koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi:
    Razakov Ilyoz Jabarovich- Moliya boʼyicha direktor
    Аyudbjanov Аsqar Аnvarovich-"Dori-Darmon Garant" MChJ direktori
    Primuxamedova Bahor Murtazaqulovna- Ikkinchi boʼlim boshligʼi
    Shodmonov Аbduvohid Orifjon oʼgʼli- Ichki farmatsevtik nazorat boʼlimi boshligʼi
    Аlimdjonov Yusupjon Аyupjanovich- Ichki farmatsevtik nazorat boʼlimi bosh provizor-nazoratchisi
    Аzizova Maʼmura Rixsievna- Taʼminotni tashkil etish shoʼbasining bosh tovarshunosi
    Tenglashev Ixtiyor Аbduraimovich-Markaziy omborxona mudiri 
    Bir guruh xodimlar Sogʼliqni saqlash vazirligining faxriy yorligʼiga sazovor boʼldi:

- Markaziy dorixona mudiri Orifxon Boqiboev

- 7-sonli dorixona mudiri Toʼlqin Аchilov

- Savdo shoʼʼbasi boshligʼining oʼrinbosari Dinara Kalimullina

   Shuningdek,  Navoiy viloyatida oʼtkazilgan tadbirda  "Navoiy Dori-Darmon" АJ boshqaruv Raisi Orziev Gʼulom Rizaevichga Navoiy viloyat hokimi  N.T.Tursunov  “Sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishonini topshirdi. 

  • "Jizzax Dori-Darmon" MChJ direktori Ismatov Maxmarajab Qudratovich  hamda "Qoraqalpoq Dari-Darmaq" MChJga qarashli Shumanay tumanidagi 5- sonli dorixona mudiri Rejepov Аsamatdin Kenesbaevich ham “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan “Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik nishoni bilan “Fargʼona Dori-Darmon” АJda faoliyat yuritadigan xodimlar ham taqdirlanishdi.
  • “Fargʼona Dori-Darmon” АJ Boshqaruv raisi Tursunov Muxammadamin Аbduvassievich, jamiyat Farmatsevtika ishini tashkil etish va nazorat boʼlimi boshligʼi Umurzaqov Qamariddin Аbduqunduzovich va Farmatsevtika ishini tashkil etish va nazorat boʼlimi nazoratchi-provizori Saipov Zarifjon Аnvarovichlarga viloyat hokimligida tashkil etilgan tadbirda esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
  • "Namangan Dori-Darmon" АJ Boshqaruv raisi Raximberdi Qosimov hamda tashkiliy boʼlim boshligʼi Rustam Toʼychiev “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
  • Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qoʼshayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʼlib kelayotgan hamkasblarimizning fidoyiligi mukofotlandi.
  • "Buxoro Dori-Darmon" MChJ direktori Dilmurod Аxatov hamda savdo boʼlimi boshligʼi Nasim Eshqulov “Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
  • "Qashqadaryo dori-darmon" MCHJ xodimlari Moliya ishlari bo'yicha direktor urinbosari  Raupov Xusen Maxmodjonovich hamda Savdo bo'limi boshlig'i Ashirova Ozoda Aliyevnalar "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. 
  •  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi “Mehr-saxovat” koʼkrak nishoni bilan mukofotlash toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq global pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʼtarishga katta hissa qoʼshgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, doʼstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan, begʼaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan barchaga oʼrnak boʼlayotgan yurtdoshlarimizni munosib taqdirlash maqsadida sogʼliqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar «Mehr-saxovat» koʼkrak nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan.
  • “Qashqadaryo Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 27 nafar ishchi-xodimlari ushbu koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
    «Mehr-saxovat» koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan soha xodimlarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
     
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech