Jarayonlarning strategik rivojlanishi «Dori-Darmon» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2018 yilga qadar mavjud sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan va uzoq muddatli istiqbol uchun mo‘ljallangan bir qator tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilishni nazarda tutadi.
Aksiyadorlik kompaniyasining bosh maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan arzon narxlarda ta’minlash borasidagi faoliyatni amalga oshirishdan iborat.
Marketing faoliyatini rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:
- Chakana savdo tarmog‘ida mahsulotning tizimli merchendayzingi
- Brend-marketingni rivojlantirish
- Mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish sifat standartlarini oshirish
- Assortiment minimumini ko‘paytirish
- Chakana savdo assortimentini import mahsulot va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari hisobiga kengaytirish
Mahsulot assortimentiga oid siyosat:
- Dorixona muassasalari defekturasining doimiy monitoringini olib borish, muayyan mintaqada peshqadamlik qilayotgan distribyutorlarning prays-listlarini kuzatib borish va o‘z reyting jadvallarining tahlili asosida mijozlarga tovarlarni berish
- Ham dorixonalarda, ham yetakchi yetkazib beruvchilarda mavjud pozitsiyalar nomenklaturasini aniqlash va uning yordamida dori vositalari assortimenti ro‘yxatiga kiritishga loyiq bo‘lgan barcha preparatlarni qamrab oluvchi ro‘yxatni tuzish
Investitsion rivojlanish:
- Har yili kompaniyaning investitsion imkoniyatlarini baholash
- Investitsion imkoniyatlardan imkon qadar to‘liq foydalanish va investitsion resurslarni faol ishga solish
- Istiqboli porloq yangi investitsion imkoniyatlardan tez foydalanilishini ta’minlash
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish:
- Marketingni optimallashtirish, ma’lumotlar xizmati taqdim etuvchi defekturani kamaytirish dasturiga qo‘shimcha imkoniyatlarni joriy etish
- Hujjat aylanishi tizimini to‘liq avtomatizatsiya qilish
- AKT sohasida xodimlarga ta’lim berish va ularning malakasini oshirish
- Kompaniya ijtimoiy sahifalarini uzluksiz ravishda qo'iiab-quvvatlash va rivojlantirish
- Kompaniya mobil ilovasini uzluksiz ravishda qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish
Dividendga oid siyosat:
- Har yili olingan sof foydani taqsimlash va asosiy ulushni kompaniyani rivojlantirishga yo‘naltirish
- Daromadni taqsimlash:
- 25% - dividendlar (pul ko‘rinishida)
- 5% - zaxira kapital
- 70% - aksiyaning nominal qiymatini ustav fondini kapitallashtirish hisobiga ko‘paytirish
Ishlab chiqarishni rivojlantirish:
- Dorixona ichki ishlab chiqarishini rivojlantirish: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nomlari miqdorini va sotuvlar hajmini ko‘paytirish
- «Avitsenna» zavodining galen ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarini o‘zlashtirish
- Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasini ko‘paytirish
- «IntegraDD» MChJ:
- Inyeksion preparatlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish
- Infuzion eritmalar ishlab chiqarishni boshlash
Kadrlar bilan ishlash siyosati
- «Dori-Darmon» AK o‘quv markazida xodimlar bilan treninglarni mutazam ravishda o‘tkazish
- Xodimlarni tanlab olish standartini optimallashtirish
- Ish haqini ko‘paytirish
- Ijtimoiy paketni saqlab qolish
- Xodimlarni tibbiy sug‘urta qilish xizmatlari doirasini kengaytirish
- Mukofotlar to‘lash qo‘shimcha mezonlarini ishlab chiqish
- Xodimlar uchun o‘tkazilayotgan treninglar sonini ko‘paytirish
- Mansab pillapoyalaridan ko‘tarilish uchun imkoniyatlar yaratish
Rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish quyidagilarga erishish uchun imkoniyat yaratadi:
- O‘zbekiston Respublikasining yetakchi aksiyadorlik kompaniyalaridan biri bo‘lib qolish
- «Dori-Darmon» brendining aholi o‘rtasida taniqlik darajasini kuchaytirish
- Mahsulotlar va kompaniyaning kuchli tomonlari haqida axborotni iste’molchilarga yetkazish hisobiga iste’molchilarning «Dori-Darmon» AK mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan xayrixohligini kuchaytirish
- Farmatsevtika, parafarmatsevtika, boshqaruv texnikasi, texnologiyalari sohasida tizimning samaradorligi va mahsulot sifatini oshirishni ta’minlovchi fan yutuqlari va ilg‘or tajribadan foydalanishga asoslangan innovatsiyalarni muntazam ravishda amalga joriy etish.
Mazkur tashabbuslarning pirovard maqsadi O‘zbekiston Respublikasi aholisini arzon, samarali va xavfsiz dorilar bilan kerakli miqdorda ta’minlashga qodir bo‘lgan barqaror milliy industriyani yaratishdir. Dori-darmonlarning yangi avlodini yaratish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va xizmatlar doirasini kengaytirishga oid vazifalar Strategiyaning muhim elementiga aylanishi lozim.