Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining korruptsiyaga qarshi kurashish DАSTURI


Birinchi boʼlim. Dasturning asosiy maqsadi va vazifalari


1-bob. Umumiy qoidalar


1. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda Kompaniya deb yuritiladi) tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
2. Kompaniya tizimida qonuniylikni taʼminlash, xodimlarda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar toʼqnashuviga yoʼl qoʼymaslik, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash hamda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish Dasturning asosiy maqsadidir.
3. Quyidagilar Kompaniya tizimida korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- korruptsiyaga qarshi kurashishda kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va oʼzaro hamkorligini taʼminlash;
- korruptsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni baholash va boshqarish;
- kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, tizimda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish;
- korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularni oldini olish va chek qoʼyishga, oqibatlari, shuningdek, ushbu illatlarga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligining oshirilishini taʼminlash;
- korruptsiya holati va tendentsiyalari toʼgʼrisidagi axborotni yigʼish hamda tahlil etish;
- korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
- korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni taʼminlash.


Ikkinchi boʼlim. Dasturning asosiy yoʼnalishlari


2-bob. Kompaniya tizimining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar


4. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan oʼz mansab yoki xizmat majburiyatlari bajarilishida korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik va korruptsiyaga qarshi kurashish samaradorligi mezonlarini hamda uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish.
5. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatida korruptsiya keltirib chiqarish xatarlari mavjud boʼlgan sohalarni aniqlash maqsadida xodimlar oʼrtasida Kompaniyaning telegramm kanalida va “Facebook” ijtimoiy tarmogʼidagi sahifasida “Korruptsiyani birga yengamiz” mavzusida ijtimoiy soʼrovnoma oʼtkazish va soʼrovnoma natijalarini tahlil qilib uning omillarini bartaraf etishga qaratilgan “yoʼl xaritalarini” ishlab chiqish.
6. Kompaniya tizimida korruptsiyani keltirib chiqaruvchi xavfni aniqlash va boshqarish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.
7. Kompaniya saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlardagi vakant ish oʼrinlari hamda nomzodlarga qoʼyilgan talablar haqida maʼlumotlar joylashtirib borilishini taʼminlash.
8. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarda uzoq vaqt davomida bitta lavozimda samarali faoliyat olib borayotgan xodimlarni aniqlash va ularni kamida bir pogʼona yuqoriroq lavozimlarga oʼtkazish amaliyotini qoʼllash boʼyicha takliflar tayyorlash.
9. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining ijtimoiy ahvolini oʼrganib borish tizimini joriy etish. Bunda kam taʼminlangan, nogironligi boʼlgan va koʼp bolali xodimlar roʼyxatini shakllantirish va ularning holidan xabar olib turish hamda zaruriyatga koʼra, moddiy jihatdan taʼminlash choralarini koʼrib borish boʼyicha takliflar tayyorlash.
10. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarda tovar-moddiy boyliklarning adolatli taqsimlanishini taʼminlash mexanizmlarini ishlab chiqish. Bunda xodimlarning ish hajmi va ehtiyojidan kelib chiqib, xizmat avtomobillari va boshqa moddiy boyliklardan foydalanish tartibini belgilash.
11. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarda xaridlar boʼyicha har bir tovar pozitsiyasi kesimida xarid narxlarini viloyatlar va respublika boʼyicha tahlil qilib borish, narxlarni eng maqbul boʼlishiga erishish.
12. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarda xodimlarga haq toʼlash va hisob-kitoblarning toʼgʼriligini monitoring qilish imkoniyatini yaratish, xodimlar uchun shikoyatlar berish imkoniyatini kengaytirish boʼyicha takliflar tayyorlash.
13. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʼtkazish va tahlil qilish. Bunda murakkab boʼlgan xizmatlarni soddalashtirish, korruptsiyaviy boʼshliqlari mavjud boʼlgan normalarni bartaraf etish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.


3-bob. Kompaniya tizimida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish


18. Kompaniya tizimida korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʼyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatish.
19. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga korruptsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʼta salbiy illat ekanligini targʼib qilishga qaratilgan oʼquv materiallari tayyorlash va tarqatish.
20. Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida ijtimoiy videoroliklar tayyorlash hamda korruptsiya, halollik, toʼgʼrilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targʼibot materiallari tayyorlash.
21. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish” mavzusida maʼruzalar kilish, uchrashuv va tadbirlar tashkil etish.


4-bob. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʼyish hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash


22. Kompaniyaning veb-saytida xodimlar ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi maxsus sahifa ochish, kelib tushgan shikoyatlarni muntazam tahlil qilish va natijalari boʼyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash mexanizmini yoʼlga qoʼyish.
23. Kompaniya tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida korruptsiyaning holatini, uning jihatlari, koʼlami, oʼsish surʼatlari hamda tendentsiyalarini, shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar kesimida oʼrganish yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazish.
24. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari malakasini oshirish oʼquv kurslarini tashkil etish, oʼquv yakuni boʼyicha tinglovchilar oʼrtasida korruptsiyaga qarshi kurashish hamda kompaniya faoliyatini yanada rivojlantirish haqida anonim soʼrovnomalar oʼtkazish.
25. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarga murojaat etishda elektron navbat tizimini joriy etish.
26. Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan korruptsiyaga oid xatti-harakatlar haqida xabar bergan shaxslarni mukofotlash tartibini joriy etish.
27. Kompaniya tomonidan uning tizimidagi tashkilotlarda oʼrganish oʼtkazishda odob-axloq qoidalarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.


Uchinchi boʼlim. Dasturning qabul qilinishidan kutilayotgan natijalar


36. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish dasturini amalga oshirishdan quyidagi natijalar kutilmoqda:
- Kompaniya tizimida korruptsiya, manfaatlar toʼqnashuvi va boshqa huquqbuzarliklarning oldi olinishi;
- Kompaniya tizimidagi tashkilotlar faoliyatining ochiqligiga erishilishi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga nisbatan xodimlar masʼuliyatining yanada ortishi;
- Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari faoliyati samaradorligi yangi mezonlar asosida baholanishi;
- Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yuksalib borishi;
- Kompaniya va uning tizimidagi tashkilotlarning faoliyatida korruptsiyaning oldini olishga doir tadbirlarning samaradorligini taʼminlash.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech