“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi — dinamik ravishda rivojlanib kelayotgan Oʼzbekiston farmasevtika bozoridagi yetakchi ulgurji-chakana savdo bilan shugʼullanuvchi korxona hisoblanadi. Kompaniyaning hududiy boʼlinmalari mavjud boʼlib, ular tarkibida 6 ta aksiodorlik jamiyatlari va 7 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, shu jumladan, 17 ta omborlar, 15 ta tahliliy-analitik laboratoriyalari mavjud. Uzoq qishloq va togʼli hudud aholisini dori-darmon vositalari bilan taʼminlash maqsadida Respublika hukumati koʼrsatmalariga asosan kompaniya tomonidan maxsus ISUZU va DAMAS izotermik furgonli ixtisoslashtirilgan avtomobillar yordamida 133 ta koʼchma dorixona va dorixona filiallari tashkil etildi. Koʼchma dorixonalar aholiga sifatli dori-darmonlarni arzon narxlarda yetkazib berish uchun barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan. Dori vositalarini saqlashda harorat rejimiga rioya qilish uchun muzlatkichlar va kondisionerlar mavjud.
Kompaniya “Dori-Darmon Garant” MChJ shaxsiy bojxona omboriga ega boʼlib, u yerda bojxona rasmiylashtiruvi va farmasevtika mahsulotlarini saqlash taʼminlanadi. Bundan tashqari, kompaniyada Oʼzbekistonda dori-darmon bozorini marketing tadqiqotlarini olib borish, dori-darmon va tibbiyot buyumlarini roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha xizmatlar koʼrsatishga ixtisoslashgan “Dori-Darmon Invest” MChJ mavjud. “Dori-Darmon” AK tarkibida respublika aholisiga sogʼliqni saqlash va mulkni sugʼurtalash boʼyicha xizmatlarni taqdim etuvchi “DD Inshurance” MChJ sugʼurta kompaniyasi tashkil etilgan.
Kompaniya ijtimoiy ahamiyatga molik dorilar va tibbiy mahsulotlarning asosiy assortimenti boʼlgan ijtimoiy dorixonalarning keng tarmogʼini tashkil etishga katta eʼtibor beradi. Bugungi kunda “Dori-Darmon” AK va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan 1600dan ortiq ijtimoiy dorixona tashkil etilgan boʼlib, dorixona filiallarining 70 foizi chekka hududlardagi qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan. Toshkent shahridagi oilaviy poliklinika va koʼp tarmoqli poliklinikalarda joylashgan 44 ta ijtimoiy dorixona ham mavjud. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi bir necha yillar davomida Sogʼliqni saqlash vazirligining tibbiy muassasalarini maqsadli byudjet mablagʼlari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolash uchun tibbiy dori-darmon vositalari bilan taʼminlash boʼyicha davlat dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
“Dori-Darmon” AK dorixona tarmoqlari imtiyozli bemorlarga dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarini bepul tarqatadi. 13 ta kasallik roʼyxati va ambulatoriya sharoitidagi bepul tibbiy yordam koʼrsatuvchi shaxslar roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Aholining dori vositalariga boʼlgan ehtiyojini toʼla qondirish maqsadida kompaniya dorixonalarida shifokorlar retsepti boʼyicha dori tayyorlash yoʼlga qoʼyilgan.
Toshkent shahri aholisi, jumladan, imtiyozli bemorlarga xizmat koʼrsatishni yaxshilash maqsadida Toshkent shahridagi 96 ta dorixonada dori-darmon va tibbiy mahsulotlarning mavjudligi toʼgʼrisida batafsil maʼlumot beruvchi “Dori-Darmon” AK tarmogʼining “1002” maʼlumot xizmati tashkil etilgan.
“Dori-Darmon” AK uzoq yillar mobaynida professional va barqaror faoliyat yuritib, hayotiy muhim dori-darmonlarning doimiy mavjudligini taʼminlab, hamkorlikni kengaytirish va aholiga yangi dori vositalarini taqdim qilish imkoniyati tufayli Oʼzbekiston farmasevtika bozorida yetakchi oʼrinni egallab kelmoqda. Keng kompyuter tarmogʼi tizimidan foydalanish orqali tezkor axborot maʼlumotlariga ega boʼlish, mahsulotlarni faol qabul qilish, saqlash va aholiga yetkazib berish jarayonlarini optimallashtirish, mahsulotni yetkazib berish, qabul qilish va sotish bilan bogʼliq boʼlgan omborlar va boʼlimlar faoliyatini muvofiqlashtirish taʼminlanadi.
“Dori-Darmon” AK Oʼzbekiston bozorida farmasevtika mahsulotlarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya boʼlishi bilan birga, hamjihat fikrlaydigan katta jamoaga ega. “Dori-Darmon” AK va uning hududiy boʼlinmalarida faoliyat yurituvchi xodimlar yuqori malakali mutaxassislar boʼlib, ular oʼz kasblarining mohir ustalari hisoblanadi. Farmasevtika mutaxassislarining koʼpchiligi malakaviy toifalarga ega, kompaniya doimiy ravishda kadrlar malakasini oshirib boradi. Respublika aholisini hamda tibbiy-profilaktika muassasalarini dori vositalari bilan taʼminlash bilan bir qatorda, “Dori-Darmon” AK dorixona muassasalarida dori shakllarini ishlab chiqarish uchun normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishda, dorixona sharoitida tayyorlanadigan dori-darmonlarning doimiy sifatini nazorat qiladi.
“Dori-Darmon” AK mamlakatimizdagi farmasevtika korxonalari hamda 130 dan ortiq yetakchi xorijiy firmalar bilan hamkorlik qiladi. Xususan, Yevropa va AQSh davlatlarining dunyo farmasevtika sanoatining etakchi kompaniyalari bilan shartnomalar asosida ishlaydi.