Matbuot xizmati haqida

Matbuot kotibi: Pardayeva Kumush

Telefon: +99878 120 38 09

Elektron pochta: kumush@doridarmon.uz

Sayt administratori: Saliyeva Durdona

Telefon: +99871 281 43 32

Elektron pochta: durdona@doridarmon.uz

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari:

– “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi (keyingi oʼrinlarda kompaniya deb yuritiladi) rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;

– Kompaniya faoliyati va sohasiga doir normativ-huquqiy xujjatlar toʼgʼrisida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

– ommaviy axborot vositalari bilan oʼzaro hamkorlik qilish, Matbuot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni shu jumladan, kompaniya rahbariyati ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yigʼilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etish;

–Kompaniyaning rasmiy veb-saytida axborotni tezkor joylashtirish va oʼz vaqtida yangilab borish, internet tarmogʼidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;Sohaga oid masalalar boʼyicha axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, notoʼgʼri xabar yoki kompaniya obroʼsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʼyicha ekspertlar (mutaxassislar) bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet tarmogʼida materiallar tarqatish boʼyicha kompleks ishlarni tashkil etish;

–Kompaniya boʼlimlari hamda kompaniya tarkibidagi jamiyatlar bilan bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

–Kompaniya faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlaridagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (matnli, foto, audio, video va boshqa shakllarda) bilan taʼminlash;

–Oʼzbekistonda farmasevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, shuningdek, kompaniya faoliyatini xalqaro maydonda keng tanitish hamda kompaniyaning xorijiy davlatlarga ishchi va rasmiy safarlarini ijobiy tarzda yoritish maqsadida delegatsiyalarga hamrohlik qilish;

–Kompaniya faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʼgʼrisida rahbariyatga axborot berish;

–Kompaniya faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech