17:51 (22.11.2024)
61
Xitoy olimlari yashash hududiga qarab diyetani shakllantirishni tavsiya qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, bu semizlik va u bilan bog‘liq kasalliklarning ko‘payishi sharoitida mamlakatda ovqatlanish odatlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, mahalliy oziq-ovqatlarni ratsionga kiritish tabiiy resurslarni saqlashga yordam beradi.
Xitoy semirishni tashxislash-va davolashni standartlashtirish bo‘yicha birinchi ko‘rsatmalarini e’lon qildi. Mamlakatda katta yoshli aholining yarmidan ko‘pi allaqachon ortiqcha vaznga ega yoki semizlikdan aziyat chekadi. Bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etishi kutilmoqda. Hukumat semizlikni davolash va oldini olishda sog‘lom-ovqatlanish muhimligini ta’kidladi.
Guanchjoudagi Sun Yat-sen universiteti jamoasi o‘z tadqiqotida "sayyoraviy salomatlik diyetasi" tamoyillariga amal qilish, sut mahsulotlari va qizil go‘sht iste’molini kamaytirish tarafdori ekanini aytdi. Tadqiqot Nature Food jurnalida chop etilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shimoliy Xitoyda yashovchi, ko‘p miqdorda sut mahsulotlarini iste’mol qiladigan va sabzavotlarni kam iste’mol qiladigan odamlar o‘z ratsioniga ko‘proq meva va don mahsulotlarini kiritishlari kerak.
Tadqiqotda aytilishicha, iqlimi qattiqroq va suv tanqis bo‘lgan janubi-g‘arbiy hududlarda odamlar dukkaklilar va sabzavotlarni afzal ko‘rishlari va qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilmasliklari kerak.
O‘zining unumdor yerlari bilan mashhur bo‘lgan sharqda aholiga ko‘proq don, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.