15:44 (22.11.2024)
47
Kuz-qish mavsumi — grippga chalinish holatlari ko‘payadigan davr. Shu bois isitma me’yorlashib, yo‘tal va burun oqishi to‘xtagach, kasallikdan to‘liq tuzaldim, deb o‘ylash — yanglish xulosa.
Grippning o‘tkir bosqichidan so‘ng jismoniy va ruhiy toliqqan, suvsizlangan hamda ko‘p quvvat yo‘qotgan organizmning tiklanish davri boshlanadi. Bu vaqtda tanada holsizlik, charchoq va zaiflik kuzatiladi.
Har kimda kasallik bosqichi har xil kechadi. Tiklanish muddati bemorning kasallik boshlanishidan avvalgi immuniteti holatiga bog‘liq.
Virus surunkali xastaliklar otit va sinusit, balki virusli pnevmoniya, meningit, yurak ishemik kasalliklari, bronxial astma va surunkali bronxitni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Viruslarga qarshi kurashish natijasida immunitet zaiflashib, ichki a’zolar faoliyati buzilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, xastalik chog‘ida infeksiyalar tufayli asab tizimi zararlanadi. Oqibatda bemor to‘liq oyoqqa turganidan keyin ham toksinlarning miyaga ta’siri uzoq davom etadi.
Shu sababli, bemor holsizlik, jizzakilik, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, xotira susayishi va ish qobiliyati pasayishidan aziyat chekishi mumkin.
Grippdan tuzalgan bemorlarga jismoniy faollik va stressdan saqlanish, immunitetni mustahkamlash, to‘g‘ri ovqatlanish, vitamin terapiyasi, ichak mikroflorasini tiklashga qaratilgan dori-darmon muolajaci, massaj va fizioterapiya mashqlari tavsiya etiladi.