11:45 (21.11.2024)
65
Amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot antibakterial dorilarning o‘pka salomatligiga zararli ta’sirini tasdiqlaydi.
Gripp paytida antibiotiklardan foydalanishning o‘pka immunitetiga ta’sirini baholash uchun Los-Anjeles olimlari intranazal gripp bilan kasallanishning 7 kunidan boshlab keng spektrli antibiotiklar (vankomitsin, neomitsin, ampitsillin va metronidazol) kokteyli bilan davolangan sichqonlarda namunaviy tadqiqot o‘tkazdilar. Tajriba shuningdek, metitsillinga chidamli Staphylococcus aureus (MRSA) ikkilamchi infeksiyani ham o‘z ichiga oladi.
Natijalarga ko‘ra, gripp infeksiyasi paytida antibiotiklardan foydalanish o‘pkada eozinofillar darajasini oshiradi va ikkilamchi bakterial pnevmoniyaga qarshi tabiiy himoyani kamaytiradi. Eozinofil darajalari antibiotiklardan foydalanish, tizimli yallig‘lanish va davolashning yomon natijalari bilan bog‘liq edi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, virusli infeksiya paytida antibiotiklar bilan davolash makrofaglar funksiyasining pasayishiga olib keladi, bu oxir-oqibat MRSA ni bartaraf etishni susaytiradi.
Biroq,tadqiqotchilar ma’lum bir antibiotiklar to‘plamiga e’tibor qaratdilar, shuning uchun boshqa antibakterial dorilarni qo‘llash ta’siri boshqacha bo‘lishi mumkin, degan fikrni ham bildirmoqda.