09:00 (20.11.2024)

50

Tadqiqot: kun davomida qancha vaqt o‘tirish yurak muammolarini keltirib chiqaradi?

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 10,5 soatdan ko‘proq o‘tirish, yonboshlash yoki yotish yurak yetishmovchiligi va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini oshiradi. Agar odam muntazam ravishda mashq qilsa ham, buning ehtimoli kamaymaydi.

Massachusets kasalxonasi olimlarining ta’kidlashicha, o‘rtacha va kuchli jismoniy mashqlar uchun haftasiga tavsiya etilgan 150 daqiqa stulda o‘tirish yoki to‘shakda yotishdan ko‘ra kamroq vaqt talab etadi.

Tadqiqot o‘rtacha 62 yosh bo‘lgan 89 mingdan ortiq kishi ma’lumotlari tahliliga asoslangan bo‘lib, ishtirokchilarning 56,4 foizini ayollar tashkil etdi. Respondentlar yetti kun davomida ularning harakatlarini qayd etadigan uch eksenli akselerometr taqishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ishtirokchilar kuniga o‘rtacha 9,4 soat vaqtini harakatsiz turmush tarziga sarflashgan.

Keyingi tahlil sakkiz yildan keyin o‘tkazildi. Ishtirokchilarning 4,9 foizida atriyal fibrilatsiya, 2,1 foizida yurak yetishmovchiligi, 1,84 foizida og‘ir miokard infarkti rivojlandi, 0,94 % yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, atriyal fibrilatsiya va miokard infarkti xavfi vaqt o‘tishi bilan sezilarli o‘zgarishlarsiz oshgan. Yurak yetishmovchiligi va boshqa yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘limga ta’siri sezilarli bo‘lib qoldi.

Xulosalarga ko‘ra, har kuni atigi 30 daqiqa o‘tirish uchun sarflanadigan vaqtni har qanday jismoniy faoliyat bilan almashtirish yurak sog‘lig‘i uchun xavflarni kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, o‘rtacha va intensiv faollikni qo‘shish yurak yetishmovchiligi xavfini 15% ga va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 10% ga kamaytirishi mumkin.

Natijalar Amerika Kardiologiya kolleji (JACC) jurnalda chop etildi

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech