17:30 (20.11.2024)

48

“Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi

"Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan “Surxon Dori-Darmon” MCHJ barcha xodimlari ishtirokida ayni “Dori-Darmon - korrupsiyadan xoli tizim”  mavzuda profilaktik yigʻilish tashkil etildi.

”Komplayens-nazorat xizmati boshligʻi J.Qayumov tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya va unga imkon berayotgan omillarni vaqtida aniqlash va unga oʻz vaqtida chek qoʻyish dolzarb vazifa ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda eng avvalo har bir xodimda halollik immunitetini oshirish va mamlakat Prezidenti tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga xodimlar  Vatanga sadoqati hamda halol mehnati bilan javob qaytarishi lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, yigʻilishda  “Surxon Dori-Darmon” MCHJda xodimlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlarining ijtimoiy himoyasi borasida amalga oshirilayotgan katta islohotlarga qaramay, ayrim nopok xodimlari tomonidan taʼmagirlik, mansab vakolati doirasidan chetga chiqishlik kabi salbiy holatlarga yoʻl qoʻyilayotganligi achinarli hol ekanligi, bu esa tizimning obroʻsiga jiddiy putur yetkazishi,  bunday holatlarni oldini olishda barcha xodimlar birdek maʼsul ekanligi aytib oʻtildi.    

Yigʻilishda  MCHX xodimlari ham yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar boʻyicha oʻz fikrlarini va takliflarini bildirishdi.

Yigʻilish yakunida “Surxon Dori-Darmon” MCHJ direktori B.N.Xursanov soʻzga chiqib, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi buyruqlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlarni ish faoliyatida qoʻllash,  savdo aylanmasini oshirish va jamiyatning daromadini oshirish choralarini koʻrish haqida toʻxtalib oʻtildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech