15:08 (18.07.2023)

2227

Аyrim tibbiyot muassasalarida yangi lavozimlar joriy etiladi

2023 yil 1 avgustdan ayrim tibbiyot muassasalarida quyidagi lavozimlari joriy etiladi.

• tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog;

• statsionar oʼringa ega boʼlmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud boʼlgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;

• statsionar oʼringa ega boʼlgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul boʼlimi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

023/2024 oʼquv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023 yil 1 iyuldan tuman (shahar) koʼp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalaridagi psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech