News

not found

Shavkat Mirziyoyev: Qaysi vazir oʼz ishini eplay olmasa, isteʼfoga chiqadi

Davlatimiz rahbari 2023 yildagi eng ustuvor yoʼnalishlarga toʼxtalib oʼtdi. Birinchi yoʼnalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʼtishni taklif  qildi. Uzoq tayyorgarlik koʼrilgan ushbu islohot doirasida: - Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan oʼzgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi; - har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʼlib, tarmoq tarkibidagi qoʼmita, agentlik va inspektsiyalarga rahbarlik qiladi; - koʼp vazirlar oʼzgaradi. Oʼz sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi boʼlayotgan vazirlar lavozimida qoladi; - davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablagʼlar ijtimoiy masalalarga yoʼnaltiriladi. Biz korruptsiya haqida koʼp gapiramiz, lekin tizimida korruptsiyaga yoʼl qoʼyilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak? –dedi  Prezident. Endi soʼrov boshqacha boʼladi. Vazir oʼz tizimiga ajratilgan mablagʼlarni samarali va maqsadli ishlatish boʼyicha birinchi boʼlib, oʼzi javob beradi.     Davlat vakillari oʼzining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.   Endi, vazirlarning siyosiy masʼuliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.   Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” oʼtkazilishi yoʼlga qoʼyiladi.   Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi boʼyicha  hisobot beradi.   Taʼkidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir oʼz ishini eplay olmasa,  isteʼfoga chiqadi, — Shavkat Mirziyoyev.

  • 20 December, 11:50
  • Read more
not found

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qoʼyayotgani, hayotimizning barcha jabhalarida ulkan oʼzgarishlar yuz berayotganini taʼkidladi. “Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʼshilmoqda. Oʼzbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz. Yakuniga yetayotgan 2022 yil gʼoyat murakkab va sinovli yil boʼldi, desam, har tomonlama toʼgʼri boʼladi. Ushbu davrda toʼplagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali boʼladi!”, - dedi Prezident. Davlatimiz rahbari pandemiya, dunyodagi chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, ziddiyatlarga qaramasdan, xalqimizning qahramonlarcha mehnati bilan erishilgan ayrim yutuqlarni aytib oʼtdi. Jumladan: - yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018 yilda 52 milliard dollar boʼlgan); - iqtisodiyotimizga shu yilning oʼzida 8 milliard dollar toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetdi (2018 yilda 14 milliard dollar boʼlgan); - bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʼlmagan darajaga olib chiqildi. Prezident ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosati izchil davom ettirilishini taʼkidladi. - oxirgi olti yilda mamlakatimiz boʼyicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar koʼp uy-joylar qurildi; - bu davrda qoʼshimcha 500 ming oʼquvchi oʼrni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming oʼquvchi oʼrni yaratish boʼyicha ishlar jadal davom ettirilmoqda; - bu yil 381 nafar sportchimiz Jahon va Osiyo musobaqalarida, 43 nafar iqtidorli va bilimdon yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritdi. "Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz oila davrasida, Haj va Umra ziyoratlarida shukronalik duolarini qilayotgani, bizga kuch va gʼayrat bagʼishlamoqda", - dedi Prezident.

  • 20 December, 11:30
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech