Yangiliklar

not found

Indoneziyada bolalar oʼlimiga sabab boʼlgan yoʼtal siroplarining kelib chiqishi aniqlandi

Indoneziyalik bolalarning zaharli yoʼtal siroplari tufayli oʼlimida sovun tarkibiy qismlarini yetkazib beruvchi mahalliy korxona - CV Samudera Chemical ayblandi. Bu haqda Indoneziya sudida koʼrib chiqilayotgan ishning ilgari eʼlon qilinmagan materiallariga tayanib, Reuters xabar berdi. Shunday qilib, birinchi marta yoʼtal siroplarida toksik tarkibiy qismlardan foydalanishga olib kelgan hodisalar zanjiri aniqlandi. 2021 yilda, siropli dori-darmonlar uchun asosiy asos boʼlgan propilen glikolning global taqchilligi davrida CV Samudera Chemical sanoat darajasidagi etilen glikolni propilen glikol sifatida sotishni boshlagan. Kompaniya internetda topilgan yirik propilen glikol yetkazib beruvchisi Dow Chemical Thailandd logotipini yuklab olib, uni etilen glikol bochkalarida ishlatgan. Bundan bochkalar distribyutor CV Anugerah Perdana Gemilang tomonidan bir necha oy davomida- 2022 yil mayigacha sotilgan. Aytilishicha, kompaniya bu mahsulot dori vositalarida qoʼllanilishini bilmagan. Etilen glikol, xususan, avtomobillar uchun antifriz va muzga qarshi eritmalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Yutib yuborilsa, oʼtkir buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Shunga qaramasdan CV Anugerah Perdana Gemilang soxtasoxta propilen glikolning bir nechta partiyalarining tarkibiy qismlarini tahlil qilgandan soʼng sinovsiz farmatsevtikda foydalanish ruxsat beruvchi sifat sertifikatlarini berdi. Keyin xom ashyo dorivor ingredientlar yetkazib beruvchi Afi Farma kompaniyasiga topshirildi, shunday keyin yoʼtal siropining dahshatli 70 ta partiyasida qoʼllanildi. Keyinchalik sinovlar shuni koʼrsatdiki, siroplar 99% gacha etilen glikolni oʼz ichiga oladi, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsizlik chegarasi esa 0,1% ni tashkil qiladi. Eslatib oʼtamiz, oʼtgan yili Gambiya, Indoneziya va Oʼzbekistonda yosh bolalar turli ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Hindiston va Indoneziya ishlab chiqaruvchilarining yoʼtal siroplaridan foydalanish oqibatida vafot etgan edi. 2023 yilning yozida JSST Afrikaning Kamerundagi dorixonalarida Naturcold savdo belgisi ostida zaharli yoʼtal siropi sotilganini aniqlagan. Mahsulot tarkibida dietilenglikolning odatdagidan ancha yuqori miqdori mavjud.

  • 24 Noyabr, 14:04
  • Batafsil
not found

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi

23-noyabr kuni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Toshkent shahrida o‘tkir virusli infeksiyalar bilan kasallangan bemorlarni davolash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi kuz-qish mavsumi odatda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tarqalishi uchun qulay davr ekanini ta’kidladi. Ayniqsa, bu paytda kichik yoshdagi bolalarning nafas yo‘llari yuqumli kasalliklariga chalinish ko‘rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan anchagina ortadi, deya ta’kidladi vazirlik. “Shu bois butun dunyoda bo‘lgani kabi bu yil ham yurtimizda yosh o‘g‘il-qizlar orasida o‘tkir respirator kasalliklarning davriy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi esa Toshkent shahri aholisi hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgani kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda. Vazirlik mavsumiy yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashni tashkil etish hamda ularning tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Toshkent shahridagi barcha klinik shifoxonalar rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi vakillari hamda tez tibbiy yordam xizmati mas’ullari bilan birgalikda bolalar klinik shifoxonalaridagi vaziyat va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Vazir shifoxonalarga tushayotgan yuklamalarni tezda kamaytirish, bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga shoshilinch topshiriqlar berdi. Jumladan, “Zangiota-1” yuqumli kasalliklar shifoxonasida O‘RVIga chalingan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi. Shuningdek, so‘nggi kunlarda aholidan harorat ko‘tarilishi, yo‘tal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli 103 xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo‘lgan 40 ta avtomashina qo‘shimcha ajratildi. Bundan tashqari, 25-noyabrdan vazirlik tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta to‘liq jihozlangan Isuzu avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratilishi aytib o‘tildi. Poytaxtdagi 12 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha chaqiruv bo‘yicha tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur brigadalar 103 xizmati xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, uyda qoldirilgan yoki shifxonaga yotqizilmasdan uyga qayta olib kelingan va ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlar ro‘yxati aniqlanib, ko‘rsatma asosida onlayn va joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi xabarda. “Bundan tashqari, o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda yurtimizda O‘RVI kasalligiga chalinib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning ma’lum qismi statsionar davoga muhtoj emas. Shu sababli yig‘ilishda oilaviy polikliklinika shifokorlariga o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bemorlarni ambulator sharoitda davolash bo‘yicha zarur tavsiyalar berish uchun ixtisoslashtirilgan markazlardagi pediatrlar va barcha tor doiradagi mutaxassislar jalb etilishi lozimligi qayd etildi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Vazir, shuningdek, birlamchi tibbiy yordamning kunduzgi statsionarlarida bemor bolalarni nazorat qilish, zarurat tug‘ilganda, ularda davolash muolajalarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

  • 24 Noyabr, 11:08
  • Batafsil
not found

JSST Xitoyni bolalarda nomaʼlum pnevmoniya epidemiyasi haqida maʼlumot almashishga chaqirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan bolalarda nomaʼlum pnevmoniya avj olgani haqida qoʼshimcha maʼlumot soʼradi, deb xabar bermoqda Reuters. JSST matbuot xizmati Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʼliqni saqlash komissiyasi 13-tsentabr kuni Xitoyda respirator kasalliklar bilan kasallanish holatlari koʼpaygani haqida xabar berganini eslatdi. Keyin Xitoy rasmiylari buni anti-kovid cheklovlari olib tashlanishi va maʼlum gripp viruslarining tarqalishi bilan izohladi. «JSST Xitoyga respirator kasalliklar va bolalarda pnevmoniya epidemiyalari koʼpayishi haqida batafsil maʼlumot berish uchun rasmiy soʼrov yubordi», — deyiladi tashkilot bayonotida. Kuni kecha The Telegraph gazetasi Xitoy shimolidagi bolalarda kelib chiqishi aniq boʼlmagan pnevmoniya avj olgani haqida ProMed (dunyo boʼylab odam va hayvonlar kasalliklari tarqalishini kuzatuvchi) maʼlumotlariga asoslanib xabar berdi. Nashrning taʼkidlashicha, Xitoy kasalxonalari «kasal bolalar bilan toʼlib ketgan» va epidemiya Pekin kabi yirik shaharlarga tarqalib boʼlgan. The Telegraphtaʼkidlaganidek, aynan ProMedning 2019 yil dekabrь oyi oxiridagi ogohlantirishi koʼplab shifokorlar va olimlarning eʼtiborini ilgari nomaʼlum boʼlgan, keyinchalik Sars-Cov-2 (COVID-19) deb ataladigan virusga qaratdi. Tayvanning FTV News telekanali ham Pekin va Liyaoning kasalxonalari kasal bolalar bilan toʼlib ketgani haqida xabar berdi. «Ularda yoʼtal va shunga oʼxshash hech qanday alomat yoʼq. Bolalarda shunchaki yuqori harorat (isitma), koʼpchilikning oʼpkasida tugunlar paydo boʼlgan», — dedi nashrga poytaxtliklardan biri. Pekinlik yana bir fuqaroning aytishicha, hozirda shamollash belgilari bilan maktablarga kelish taqiqlangan va sodir boʼlayotgan barcha hodisalar «davlat siri»dir.

  • 24 Noyabr, 09:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech