Yangiliklar

not found

Oʼzbekistonning 8 ta tibbiyot oliy oʼquv yurti TOP-1000 talik reytingga kirish uchun daʼvogar sifatida qayd etildi

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʼzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi. Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun daʼvogarlar oʼtgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi. Mazkur 48 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda agentlik ularga yaqindan yordam beradi. Ushbu reytingdan Sogʼliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 8 ta OTM oʼrin olgan. Ular: — Toshkent tibbiyot akademiyasi;— Samarqand davlat tibbiyot universiteti;— Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;— Toshkent davlat stomatologiya instituti;— Toshkent farmatsevtika instituti;— Аndijon davlat tibbiyot instituti;— Buxoro davlat tibbiyot instituti;— Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. Bunda OTMlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʼnalishdagi samaradorlik koʼrsatkichlari baholandi: — oʼqitish;— tadqiqot muhiti;— tadqiqot sifati;— sanoat;— xalqaro istiqbollar. Maʼlumot oʼrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʼyicha maʼlumot taqdim etgan boʼlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʼldi.

  • 29 Sentyabr, 13:58
  • Batafsil
not found

Oʼzbekiston BMT Bosh Аssambleyasining sil kasalligi boʼyicha yuqori darajadagi yigʼilishiga raislik qildi

Shu yilning 19-26 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasining umumiy muhokamasi doirasida silga qarshi kurash boʼyicha yuqori darajadagi yigʼilish boʼlib oʼtdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» АА. Ushbu format sogʼliqni saqlash sohasidagi davlat, hukumat rahbarlari va vazirlar ishtirokidagi yirik xalqaro tadbir boʼlib, silga qarshi kurashda oʼrta muddatli istiqbolga moʼljallangan global vazifalarning strategik maqsadlarini aniqlashga qaratilgan. Forum 2018 yilda Bosh Аssambleyaning birinchi shunga oʼxshash yigʼilishi tashkil etilganidan 5 yil oʼtib oʼtkazilmoqda. Keyingi uchrashuv 2028 yilda boʼlib oʼtadi. Unda BMTga aʼzo 193 ta mamlaatlarning davlat va hukumat rahbarlari, sogʼliqni saqlash vazirlari, Bosh Аssambleya raisi, Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti va BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS) rahbarlari, shuningdek, BMTning ixtisoslashgan idoralari, parlamentlar, xalqaro donorlar, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar, tibbiyot birlashmalari va xususiy sektorning yuqori darajali vakillari ishtirok etishdi. Yuqori darajadagi yigʼilishning birinchi yalpi sessiyasini Oʼzbekiston sogʼliqni saqlash vaziri Аmrillo Inoyatov olib bordi. Vazir oʼz nutqida Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida silga qarshi kurashish milliy tizimini tubdan modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar haqida atroflicha maʼlumot berdi. Koʼrilgan chora-tadbirlar natijasida 130 ming kishining hayoti saqlab qolindi, sil kasalligi bilan kasallanish 43 foizga, oʼlim darajasi 84 foizga kamaydi. Oʼzbekiston Prezidentining joriy yil yanvarь oyida qabul qilingan «2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulьmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorining mazmun-mohiyati alohida taʼkidlandi. Hujjatda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish bilan bir qatorda latent sil kasalligiga qarshi skrining tekshiruvlari sonini yiliga 1 million nafarga yetkazish koʼzda tutilgan. Tadbir yakunida aʼzo davlatlar Oʼzbekiston va Polьsha muvofiqlashtiruvida ishlab chiqilgan Siyosiy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildilar. Mazkur hujjat BMTning Nьyu-Yorkdagi Bosh shtab-kvartirasida ham, xalqaro tashkilotlarning bosh idoralari joylashgan dunyoning boshqa shaharlarida ham oʼtgan yil davomida olib borilgan puxta tayyorgarlik ishlari va jadal davlatlararo muzokaralar natijasidir. Hujjatda 2030 yilgacha silga qarshi global epidemiyaga barham berishni jadallashtirish boʼyicha aniq vazifalar oʼrin olgan. Xususan, 90 million aholini sifatli davolash va profilaktika tadbirlari bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Ushbu jarayonda, 2023-2027 yillarda, shu jumladan 4,5 million bolalar, 1,5 million doriga chidamli sil bilan kasallangan bemorlar qamrab olinadi. Shuningdek, aʼzo davlatlar sil kasalligini global moliyalashtirishni 2027 yilga borib yiliga 5,4 milliard dollardan 22 milliard dollargacha va 2030 yilga borib esa 35 milliard dollargacha, yaʼni hozirgi darajadan toʼrt baravardan koʼproqqa oshirish majburiyatini oldilar. Siyosiy deklaratsiya birinchi marta mamlakatlarning keyingi 5 yil ichida silga qarshi yangi vaktsinani ishlab chiqish, ishlab chiqarish va foydalanishni boshlash maqsadlarini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda sil kasalligini davolash uchun foydalanilayotgan «BTsJ» yagona vaktsinasi 100 yil oldin ishlab chiqarilgan. Mutaxassislarning fikricha, mazkur strategik hujjatning qayd etilgan qoidasi sil kasalligini bartaraf etishda jahon hamjamiyatining asosiy yutugʼidir.

  • 29 Sentyabr, 11:04
  • Batafsil
not found

1-oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida nimalar oʻzgaradi?

Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi amalga oshiriladi Tadbirkorlar “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Biznesni rivojlantirish banki   dasturni amalga oshirish va takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilanmoqda.  2023-2026-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun: davlat mablagʻlari hisobidan – 6 mlrd soʻm; xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan – $1,2 mlrd yoʻnaltiriladi. Elektr taʼminoti va gaz uchun tariflar oʻzgarmoqda  Yoqilgʻi-energetika resurslariga yangi tariflar belgilanmoqda. Shu bilan birga, joriy kuz-qish mavsumida issiqlik taʼminoti xizmatlari boʻyicha aholi uchun narxlar oshirilmaydi. Ijtimoiy xizmatlar boʻyicha murojaatlar -  yagona tizim orqali “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi  Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.  Aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar mazkur axborot tizimi orqali qabul qilinadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish markazi tashkil etiladi Oʻzbekistonda ona va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shuningdek, markazning 14 ta hududiy filiali tashkil etiladi. Markazda homilador ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni skriningdan oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyali diagnostika va davolash amaliyotlari joriy etiladi. Shuningdek, akusherlik-ginekologik, tibbiy-genetik maslahat xizmatlari koʻrsatiladi.  IT-sohasini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralari  Tadbirkorlik subyektlariga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.  V2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, maʼlumotlar bazasi va "bulutli" platformani boshqarish, axborot xavfsizligini taʼminlash va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 % qismini qoplash tizimi joriy etiladi. Loyiha hujjatlarini ekspertiza qilish sohasi  mutaxassislari sertifikatlanadi Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar buyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish va nazorat funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlaridagi faoliyat yurituvchi mutaxassislarni sertifikatlash tartibi joriy etiladi. Korporativ munosabatlar sohasi takomillashtiriladi  Qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablagʻlarining harakati hamda aksiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etadi.  Qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muhim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmaydi, bundan tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va ustav fondida davlat ulushi 50 % va undan yuqori boʻlgan AJ, shuningdek ularning tarkibidagi AJlar mustasno.  Ish beruvchilar BHMning 3 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkin Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, davlat ulushi 50 % va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslardan tashqari) BHMning 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.  Raqobatni rivojlantirish sohasida yangi qoidalar Eksklyuziv huquqlar berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reestri (roʻyxati) joriy etiladi va ushbu reestrni yuritish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan kamsitmaslik shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Raqobat qoʻmitasiga yuklatiladi. Raqobat qoʻmitasi bitim shartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega boʻlgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiisteʼmol qilishni taqiqlaydi. 10 mln soʻmdan yuqori moliyaviy sanksiyalar – sud orqali  Tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 mln soʻmdan yuqori boʻlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

  • 29 Sentyabr, 08:59
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech