Yangiliklar

not found

Preparatning yon taʼsiri yuzaga kelganda nima qilish kerak?

Har qanday dori-darmonlar, preparatning tarkibiy qismlariga sezgirlik yoki tanada allergik reaktsiyalar mavjud boʼlganda, dozani oshirib yuborish natijasida yuzaga keladigan yon taʼsirga ega. Koʼpgina nojoʼya taʼsirlar dori isteʼmoli toʼxtatilgandan soʼng oʼz-oʼzidan yoʼqoladi. Baʼzi hollarda jiddiy allergik reaktsiya paydo boʼlishi mumkin, natijada terida toshmalar paydo boʼladi (Stivens-Jons sindromi). Ushbu yon taʼsir ketma-ket bir necha hafta davomida pasaymasligi mumkin. Nojoʼya taʼsirlar koʼrinishidagi reaktsiyalar hamma joyda millionlab dorilar bilan yuzaga kelishish mumkin. Dori-darmonlar keltirib chiqargan salbiy reaktsiyalarning aksariyati foydalanish toʼxtatilgandan keyin bir necha soat ichida yoki faollashtirilgan koʼmir preparatini isteʼmol qilgandan soʼng darhol yoʼqoladi. Tanadagi jiddiy nojoʼya taʼsirlar shifokor tomonidan davolanishi kerak. Vaziyat preparatni qoʼllashni davom ettirganda, shuningdek, yon taʼsirga sabab boʼlgan preparatning taʼsirini kuchaytiradigan baʼzi dorilarni qabul qilishda yomonlashishi mumkin. Agar sizda preparatning tarkibiy qismlariga biron bir reaktsiya boʼlsa, bu masalani shifokoringiz bilan oldindan muhokama qilishingiz kerak. Bunday holda, mutaxassis boshqa dori-darmonlarni yoki preparatning past dozasini belgilaydi. Jiddiy allergik reaktsiyalar yuzaga kelsa, quyidagi harakatlar tavsiya etiladi: - Epinefrin inʼektsiyalarini yoki ogʼiz orqali antigistaminlarni qoʼllash. - Anafilaksi xavfini oldini olish uchun shifokorni chaqirish tavsiya etiladi;- Аgar mashinada boʼlsangiz, bunday holatda mashina boshqarish tavsiya etilmaydi, shuning uchun tez yordam chaqirish lozim. Doktordan nimalarni soʼrash kerak? - Tananing umumiy holati qachon yaxshilanadi?- Preparatni qabul qilishni toʼxtatishim kerakmi yoki shunchaki uning dozasini kamaytirishim kerakmi?- Qabul qilinayotgan dorini qaysisi bilan almashtirish kerak?- Yon taʼsiri uzoq davom etadimi? - Alomatlar kasallik tufayli yuzaga kelgan boʼlishi mumkinmi? Va albatta shikofor tavsiyasiga koʼra, turli tahlillar topshirish mumkin.

  • 26 Yanvar, 12:00
  • Batafsil
not found

Zarur dorixona amaliyoti GPP setifikatini olish muddati uzaytirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-20-son Farmoni 2-ilovasiga binoan: ➖ 2024 yil 1 iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi; ➖ 2025 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʼullanuvchi tarmoqli dorixonalar,➖ 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim; ➖ 2024 yil 1 iyuldan boshlab, yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti - GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi; ➖ 2026 yil 1 yanvardan boshlab GSP talablariga muvofiqlik boʼyicha sertifikatga ega boʼlmagan bojxona omborlari va erkin omborlarda dori vositalarini saqlash taqiqlanishi belgilab qoʼyildi. Shu bilan birga, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash jarayonlari Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik boʼyicha oʼtkaziladigan farmatsevtik inspektsiyalar bilan muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilish talabi oʼrnatildi. Yaʼni farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashda ariza beruvchi korxona avval mos ravishda GxP sertifikatini olishi va bundan keyin litsenziya olish uchun murojaat etishi lozim.

  • 26 Yanvar, 09:00
  • Batafsil
not found

Ishlab chiqaruvchi Johnson's Baby chaqaloq kukuni ishini hal qilish uchun 700 million dollar toʼlaydi

Amerikaning Johnson & Johnson farmatsevtika xoldingi AQShning 42 shtatiga 700 million dollar toʼlaydi, dedi kompaniyaning moliyaviy direktori Jozef Uok he Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida. Top-menejerning taʼkidlashicha, ushbu daʼvolarni hal qilish kompaniya uchun "muhim qadam" boʼlib, "bu masalani ortda qoldirishga" imkon beradi. 2023 yil iyul oyida sud hayʼati kompaniya mahsulotlaridan foydalanish tufayli saraton kasalligiga chalinganini daʼvo qilgan 24 yoshli Kaliforniyalik Emori Ernandes Valadesga Johnson & Johnson 18,8 million dollar toʼlashi kerak degan qaror chiqargan edi. Bolaligidan ushbu mahsulotdan foydalangan Ernandesga yurak atrofidagi toʼqimalarning saratoni - mezoteliyoma rivojlangan. Johnson & Johnson- butun dunyo boʼylab 250 dan ortiq shoʼʼba korxonalariga ega xolding kompaniyadir. Ular dori-darmonlar, sanitariya-gigiena vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Xususan, Johnson & Johnson oʼzining koronavirusga qarshi vaktsinasiga ega. 2018 yil dekabr oyida Reuters agentligi 1950-yillarning oxiridan beri bolalar upasi boʼlgan Johnson's Baby da vaqti-vaqti bilan asbest izlari topilayotganligi haqida maʼlumot eʼlon qilgandi. Agentlik maʼlumotlariga koʼra, 1970-yillardan 2000-yillarga qadar talk xom-ashyosi va tayyor kukun ham vaqti-vaqti bilan asbest uchun sinovdan oʼtgan va namunalar olingan. Asbest kanserogen boʼlib, oʼpka, halqum va tuxumdonlar saratoni, shuningdek mezotelioma (plevra va qorin parda saratoni) ni keltirib chiqarishi mumkin. Kompaniya rahbarlari, menejerlar, olimlar, ekspertlar va korporativ huquqshunoslar muammodan xabardor boʼlgan, lekin bu haqda tegishli nazorat organlariga va jamoatchilikka xabar berishmagan. Bir nechta sud jarayonlari sabab J &J 2020 yilda AQSh va Kanadada Johnson's Baby ni sotishni toʼxtatdi, lekin bu daʼvolarni kompaniya asossiz deb hisoblagan. 2023 yilda J & J talk asosidagi chaqaloq upasini ishlab chiqarishni toʼxtatib, endi uni joʼxori kraxmali asosida ishlab chiqarishini eʼlon qildi.

  • 25 Yanvar, 14:46
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech