Yangiliklar

not found

EMA Yevropa ittifoqi va Buyuk Britaniyani soxta Ozempik ruchkalar haqida ogohlantirdi

Yevropa regulyatori Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadagi distribyutorlarda Novo Nordisk ning mashhur qand miqdorini pasaytiruvchi Ozempik preparatining qalbaki ruchkalari mavjudligi haqida ogohlantirdi. Bemorlarga rasmiy dorixonalardan qalbaki ruchkalar berilgani haqida hech qanday dalil yoʼq va qalbaki dori vositalaridan bemorlarga zarar yetkazilgani haqida xabarlar yoʼq, deyiladi Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) bayonotida. Buyuk Britaniya regulyatori, Dori-darmonlar va sogʼliqni saqlash mahsulotlarini tartibga solish agentligi (MHRA) Buyuk Britaniyaning ikkita distribyutorida qalbaki Ozempik topilganligini tasdiqladi. Novo Nordisk vazn yoʼqotuvchi Wegovy va qand miqdorini pasaytiruvchi Ozempik dori vositalariga talab ortib borayotgani tufayli global semizlik inqirozi sharoitida bu yil Yevropaning eng qimmat kompaniyalaridan biri boʼldi. Semirib ketishni davolash uchun faqat Wegovy tasdiqlangan boʼlsa-da, Ozempik ham sezilarli darajada vazn yoʼqotishiga olib kelishi AQSh va Yevropadagi odamlarni dori-darmondan tashqari foydalanishga undadi. Bu foydalanuvchilarning sogʼligʼiga xavf tugʼdiradigan noqonuniy distribyutorlarni koʼpayishiga sabab boʼlmoqda. Oʼtgan hafta Novo Nordisk Germaniya federal regulyatori dorixonalar va distribyutorlarida koʼp miqdorda qalbaki Ozempik dorisi aniqlanganidan soʼng hushyor boʼlishga chaqirgan hamda Wegovy va Ozempik soxta dori-darmonlarini onlayn tarzda taklif qilayotganlar keskin oʼsishi haqida ogohlantirgandi. Nemis tilidagi ruchkalar qalbaki boʼlsa-da, qadoqlar asl va Avstriya va Germaniyadagi distribyutorlardan kelgan, deyiladi YeMA bayonotida.

  • 20 Oktyabr, 15:00
  • Batafsil
not found

Yevropa Ittifoqi yana dori vositalarining umumiy zaxirasini yaratish mavzusini koʼtardi

Yevropa Ittifoqida dori-darmonlar, xususan, penitsillin va amoksitsillin kabi antibiotiklar va paratsetamol kabi ogʼriq qoldiruvchi vositalar, ayniqsa, bolalar dozalarida tanqisligini oldini olish choralari haqida gapirdi, deya xabar bermoqda «TАSS». Yevropa Komissiyasi hukumatlar, sanoat va fuqarolik jamiyatini muhim dori-darmonlar boʼyicha muammolarni hal qilish uchun birlashtirishga qaratilgan ittifoq tuzadi. Hozirda muhokama qilinayotgan favqulodda choralar qatoriga quyidagilar kiradi: dori vositalarining yaroqlilik muddatini uzaytirish, dori vositalarini birgalikda xarid qilish va ularni Janubiy yarimshardagi mamlakatlar bilan almashish, muqobil yetkazib beruvchilarni jalb qilish va ishlab chiqarish hajmini zudlik bilan oshirish. Bryussel Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar va Yevroparlamentni favqulodda vaziyatlarda dori vositalari ishlab chiqarish ustidan Yevropa komissiyasining nazoratini kuchaytirish uchun amaldagi qonunchilikni qayta koʼrib chiqishga chaqirdi. 2023 yil oxiriga qadar zarur dori vositalari roʼyxati tuzilib, ularning mavjudligi va yetkazib berilishi qatʼiy nazoratga olinishi kutilmoqda. Eslatib oʼtamiz: 2022 yil oxirida JSST koronavirus cheklovlari bekor qilinganidan keyin butun dunyo boʼylab penitsillin va amoksitsillin yetishmasligini eʼlon qildi. 2023 yil boshida esa Yevropa Ittifoqida aʼzo mamlakatlarni muhim dori vositalari bilan taʼminlash maqsadida umumiy dori-darmon fondini yaratish taklifi ilgari surildi.

  • 20 Oktyabr, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech