Yangiliklar

not found

Bahorda tez-tez isteʼmol qilish tavsiya etiladigan temir moddasiga boy 5 ta mahsulot

Temir organizmning normal ishlashi uchun zarur boʼlgan eng muhim mikroelementlardan biridir. Temir tanqisligi anemiyasi rivojlanishining oldini olish uchun temir moddasiga boy quyidagi submahsulotlarni isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Jigar Jigar temir moddasi va B12 vitaminiga boy submahsulot boʼlib, anemiyaning oldini olish va davolashda keng qoʼllaniladi. Mol goʼshti jigari foydali yogʼ kislotalari, jumladan, omega-3 va omega-6 manbayi hisoblanadi. Ular qonda xolesterin darajasini normallashtirishga, yurak va qon-tomir tizimini mustahkamlashga, ateroskleroz va miokard infarkti rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, jigar sink, mis, selen kabi qimmatli mikroelementlarning manbayidir. Jigardan tayyorlangan taomning taʼmi taxir boʼlmasligi uchun uni pishirishdan avval suv yoki sutga ivitib qoʼyish va ustki qatlamini toʼliq olib tashlash lozim. Til Mol va buzoq tili foydali ozuqaviy qiymatga boy va parhezbop submahsulot sanaladi. Uning tarkibida oqsil koʼp, yogʼlar esa kamdir. Mol tilida temir moddasi va B guruhi vitaminlari bor. Tilni pishirishdan avval uning ustki qatlamini yaxshilab tozalash va 1 soatga suvga ivitib qoʼyish lozim. Til kamida 2 soat davomida qaynatiladi hamda turli garnirlar yoki salatlar bilan isteʼmol qilinadi. Mol yuragi Mol yuragida uning goʼshtiga nisbatan 6 barobar koʼp miqdorda B vitamini va 1,5 barobar koʼp temir moddasi mavjud. Mazkur submahsulotni pishirishdan avval 2-3 soat sovuq suvda ivitish, soʼng kamida 1,5 soat davomida qaynatish lozim. Har 30 daqiqada suvni almashtirib turishni unutmang. Tovuq yuragi Tovuq yuragi ham vitaminlarga boy: unda А, PP va B guruhi vitaminlari, fosfor, kaliy, magniy, temir, sink, mis bor. Boshqa submahsulotlarga qaraganda tovuq yuragi mazaliroq taʼmga ega. Pishirishdan avval uni yaxshilab yuvish, yurak ichidan qon quyqalarini olib tashlash va ustki qismidagi yogʼni kesib olish zarur. Mol buyragi Sink, B guruhi vitaminlari, magniy, fosfor kabilar mol buyragida bisyor. Uni ham 2-3 soat sovuq suvda qoldirish, 2 marotaba qaynatish va suvini toʼkib tashlab yana 1 soat davomida pishirish lozim. Mol buyragining oʼtkir hidi boʼlganligi tufayli uni boshqa submahsulotlar bilan qoʼshish tavsiya etilmaydi.

  • 19 Aprel, 14:38
  • Batafsil
not found

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti soxtalashtirilgan yoki sifatsiz tibbiy mahsulot haqidagi №1/2024 sonli ogohlantirishni eʼlon qildi

Unda JSSTning Sharqiy Oʼrta yer dengizi mintaqasida muomalada boʼlgan preparatlar tarkibida soxtalashtirilgan “USP/EP propylene glycol” moddasi borligi maʼlum qilindi. Haqiqiy propylene glycol farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yordamchi xom ashyo sifatida foydalanish uchun moʼljallangan va Amerika Qoʼshma Shtatlari Farmakopeyasi va Yevropa Farmakopeyasi (USP/EP) dori formulalarida foydalanish uchun materiallarga qoʼllaniladigan standartlarga javob beradi. Xabarda aytilishicha, Pokistonning Dori vositalarini tartibga solish organi (DRAP) tomonidan ogʼiz orqali yuboriladigan suyuq dori vositalarining potentsial ifloslanish holati oʼrganilganda, ularning tarkibida ("Dow" kompaniyasiga tegishli) qalbakilashtirilgan propilenglikol moddasi boʼlgan shubhali oʼramlar aniqlangan hamda namunalar Pokiston markaziy laboratoriyasi tomonidan tekshirilgan.T ahlil namunalarda qabul qilib boʼlmaydigan darajada etilenglikol ifloslanishi yuqori konsentratsiyada (0,76% dan 100% gacha) mavjudligini aniqlashga imkon berdi. DRAP 2024 yil yanvar va mart oylari orasida beshta ifloslangan partiyani aniqlash boʼyicha uchta ogohlantirish berdi. Oʼz navbatida "DOW" kompaniyasi JSST ogohlantirgan xomashyo soxta ekanligini va bu moddalar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmaganligini tasdiqladi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, hozirgi kunda toza holda va dori vositalari tarkibida yordamchi modda sifatida qoʼllaniladigan propilenglikol, glitserin, sorbitol, polietilenglikol, makragol va boshqa glikollar tarkibida yot modda sifatida uchraydigan EG va DEGlarni aniqlash boʼyicha OFS 42 Uz-0015-5346-2023-son “Определение подлинности и количества этиленгликоля и диэтиленгликоля в лекарственных препаратах” umumiy farmakopeya maqolasi tasdiqlanib amaliyotga joriy etilganligini maʼlum qilgan. Shuningdek, 2023 yil fevral oyidan boshlab, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan va mamlakatimizga kirib kelayotgan sirop shakldagi dori vositalari tarkibi dietilenglikol (DEG) va etilenglikol (EG) moddalari boʼyicha chuqur tekshirilib, Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.

  • 19 Aprel, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech