Yangiliklar

not found

“SNS Ratings” reyting agentligi “DORI-DARMON” АKga milliy shkala boʼyicha (uz) “AА+” darajada "Barqaror" prognozi bilan qimmatli qogʼozlar emitenti korxonasining reytingini berdi

Reyting agentligi “DORI-DARMON” Аktsiyadorlik Kompaniyasining milliy shkalada berilgan qimmatli qogʼozlar emitenti reytingini oshiradi: Reyting bahosi: (uz) “AА+” Prognoz: Barqaror Berilgan reyting Oʼzbekiston Respublikasidagi boshqa tashkilotlar qimatli qogʼozlar emissiyasi yoki moliyaviy majburiyatlari bilan solishtirganda, kreditga layoqatlilik va ishonchlilikning ENG YuQORI darajasini koʼrsatadi. “SNS RATINGS” RА fikriga koʼra, ushbu reyting kredit reytingi (uz) AAA boʼlgan kredit-moliya tashkiloti reytingidan biroz pastroq. 2023 yil natijalari boʼyicha Kompaniya aktivlari oʼsdi va 474,3 mlrd.soʼmni tashkil etdi, bunda 2024 yil 1 yanvar holatiga tovarlar qoldigʼi 57,9 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Likvidlik koʼrsatkichlari maqbul darajada baholandi. Bunda, joriy likvidlik koeffitsienti 249,05% darajagacha oʼsdi, va bu tavsiya etilgan meʼyordan (60%) ancha yuqori. Shu bilan birga, Kompaniyaning mutlaq likvidlik koeffitsienti 93,07% ni tashkil etdi, muddatli likvidlik koeffitsienti esa 1,31% ni tashkil etdi. Kompaniyaning xususiy kapitali 155,5 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Shu bilan birga, sotishdan tushgan daromad 282,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Kompaniya koʼrib chiqilayotgan davrni 8,2 mlrd. soʼmlik sof foyda bilan va aktivlar va xususiy kapital rentabelligining mos ravishda 1,73% va 5,28% koʼrsatkichlari bilan yakunladi. Kompaniyaning faoliyati yuqori darajada baholanadi. Kompaniyaning yuqori obroʼ-eʼtibori, unga boʼlgan ishonchni mustahkamlashga taʼsir qiladi, joriy koʼrsatkichlari esa “DORI-DARMON” АK ning investitsion jozibadorligini, mahalliy qimmatli qogʼozlar bozoridagi aktsiyalarining erkin oʼsishini, hamda Oʼzbekiston bozoriga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Kompaniyaning xalqaro moliya bozoriga chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.

  • 9 Aprel, 16:31
  • Batafsil
not found

Sohaga oid masalalar muhokama qilindi

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasining Zoom platformasida navbatdagi hayʼat yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda kompaniya Boshqaruv raisining oʼrinbosari А. Kamilov, direktorlar, boʼlim boshliqlari, shuningdek tizimidagi aktsiyadorlik va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning rahbarlari ishtirok etishdi. Yigʼilishda joriy yilning 1-aprelidan boshlab dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun QQS bekor qilinganligi va shundan kelib chiqib, dori vositalariga narx belgilash tartibi haqida maʼlumotlar berildi. Аgar korxonaning 2024 yil 1-aprel holatiga QQS imtiyozi bekor qilingan qoldiq tovarlar mavjud boʼlsa, ushbu tovarlar realizatsiya qilinganda EHF QQS bilan rasmiylashtiriladi. Shuningdek, yigʼilishda dori vositalarini markirovkalash jarayoni, kerakli uskunlarni xarid qilish ishlari, dorixona va dorixona shahobchalariga 2D skaner qurilmalarini oʼrnatish borasida olib borilayotgan ishlar ham koʼrib chiqildi. Raqamli markirovkalash qoidalarini buzish Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddamoddasiga koʼra – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab boʼladi. Yigʼilish davomida kompaniya tizimidagi ijtimoiy dorixonalarda GPP (yaxshi dorixona amaliyoti) standartini joriy etish masalasi ham koʼrib chiqildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar, GPP standartlarining talablari, dorixonalarni mazkur standart boʼyicha qayta taʼmirlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi, kerakli tasviyalar berildi. Yigʼilish davomida sohaga oid boshqa masalalar ham koʼrib chiqildi.

  • 9 Aprel, 14:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech