Yangiliklar

not found

Korrupsiya- rivojlanishga toʻsiq

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi “Komplayens-nazorat” xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida 2024-yil 20-iyun kuni “Oʻzbekiston Dori taʼminoti” MCHJ rahbar va xodimlari ishtirokida huquqiy-targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda “Komplayens-nazorat” xizmati boshligʻi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilinishini nazorat qilish borasida Komplayens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʻxtalib oʻtdi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024-yil 7-fevralida yangidan qabul qilingan “Komplayens-nazorat xizmati toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan tanishtirib, “Komplayens-nazorat” xizmati asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 5-iyun sanasidagi PQ-210-sonli qarori bilan tanishtirilib, ushbu qarorda yuklatilgan vazifalar tushuntirildi. Yigʻilishda yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilish va xodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olishlari mumkinligi boʻyicha tushuntirishlar  berildi.

  • 5 Iyul, 15:00
  • Batafsil
not found

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

Oʻzbekistonda tibbiy texnikalar va retseptsiz sotiladigan dori-darmonlarga nisbatan narx cheklovlarini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov 4-iyul kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi biznes vakillari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot chogʻida maʼlum qildi. Tadbirkorlardan birining aytishicha, belgilangan tarif limiti tufayli dori-darmon va tibbiy texnika kontrabandasi “gullab-yashnamoqda”, QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilingandan soʻng bozorda kontrabanda mahsulotlari yanada koʻpayib ketishi mumkin. Shuningdek, u dori vositalari millionlab tirajda, tibbiy asbob-uskunalar esa uzogʻi bilan 1000 dona sotilayotganiga eʼtibor qaratdi. 2017-yildan boshlab ulgurji savdo (distribyutorlar) uchun cheklangan ustama bazaviy narxning 15 foizini, chakana savdo (dorixonalar) uchun xarid narxining 20 foizini tashkil qiladi. 2020-yilda dori-darmonlar narxlari referent narx belgilash tizimi doirasida roʻyxatdan oʻtkazila boshlandi. Bu tartibga soluvchi organ tomonidan ishlab chiqarilgan va boshqa bir qancha mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi mahsulot narxlarini taqqoslashdir. Davlat regulyatori xorijda maʼlum bir mahsulot uchun narx darajasini taqqoslab, sotuvchilarga undan oshib ketishini taqiqlab, bozor narxining chegarasini tanlash huquqiga ega. Farmatsevtika agentligi rahbari Abdulla Azizovning aytishicha, bu taklif allaqachon prezident farmoni loyihasiga kiritilgan va Prezident administratsiyasida koʻrib chiqilmoqda. “Biz buni Moliya vazirligi bilan kelishib boʻlganmiz. 15−20% li ustama faqatgina retsept boʻyicha beriladigan dori-darmonlar uchun qoladigan boʻldi. [Ustama limiti] retseptsiz beriladigan dorilar uchun ham, tibbiy mahsulotlar uchun olib tashlanadi. Hammadan ruxsat olib boʻlindi. 1−2 ta punkt boʻyicha kelishish qoldi, mening kutishimcha, farmon 2−3 hafta ichida chiqishi kerak”, — dedi u. Tadbirkor bozorda hamma uchun teng sharoit yaratish maqsadida soliqqa oid oʻzgarishlarni ham taklif qildi. Unga koʻra, hozirda koʻplab xususiy klinikalar 4 foizlik aylanma soligʻi toʻlaydi va oʻz aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshmasligiga harakat qilmoqda. Abdulla Azizovning aytishicha, bu taklif prezident farmoni loyihasida ham mavjud. 2025-yildan dori vositalari va farmatsevtika mahsulotlari bilan shugʻullanuvchi barcha kompaniyalar QQS toʻlovchiga aylanishi rejalashtirilmoqda.

  • 5 Iyul, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech