Yangiliklar

not found

Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 29-avgustdagi 16-sonli bayonnomasi bilan “9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi” tasdiqlangan. Mazkur rejaga muvofiq, vazirlik va idoralar tomonidan o‘z faoliyatlari ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarni joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Ochiq eshiklar kunida “Korrupsiya global illat” mavzusida tadbirlar tashkil etildi. Ma’lumki, korrupsiya - hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan havfli jinoiy hodisalardan biri sanaladi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Komplayens-nazorat xizmati tomonidan muntazam ravishda ayni shu yo‘nalishda huquqiy-targ‘ibot yig‘ilishlari o‘tkazib kelinadi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida kompaniya va uning tarkibidagi jamiyatlar xodimlari ishtirokida 7 marta yig‘ilishlar o‘tkazilgan. Shuningdek, Kompaniyaning “Komplayens-nazorat” xizmati va tegishli tarmoqlari tomonidan o‘rganishlar natijasida 11 ta aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 7 ta holat bo‘yicha 18 mlrd. 793,1 mln. so‘m yetkazilgan zarar summasi bo‘yicha to‘plangan xujjatlar qonuniy choralar ko‘rishlik uchun huquqni muxofaza qiluvchi organlariga yuborilgan bo‘lib, ushbu holatlar yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 24 ta fuqarolar va yuridik shaxslardan ariza va murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan. Ochiq eshiklar kuni tadbiri davomida kompaniya ish faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish, bunda korrupsiya illati va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, mazkur jarayonda har bir bo‘g‘inda faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini oshirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

  • 26 Noyabr, 18:00
  • Batafsil
not found

Piyoda yurish miya salomatligiga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi

Jismoniy faollikning yetishmasligi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo kognitiv funksiyani yaxshilashning bir usuli bor — yurish, deya qayd etmoqda mutaxassislar. Yurish qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Natijada miya kislorod va ozuqa moddalari bilan yaxshiroq ta’minlanadi. Bu neyronlarning faoliyatini rag‘batlantiradi va xotira hamda konsentratsiyani yaxshilaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, muntazam yurish miyaning ma’lumotni qayta ishlash va eslab qolish uchun mas’ul bo‘lgan hipokampusni kuchaytirishi mumkin. Bundan tashqari, ular stress darajasini samarali ravishda kamaytiradi — organizmdagi kortizol (stress gormoni) miqdori kamayadi va endorfinlar (baxt gormonlari) ko‘payadi. Yurish, shuningdek, miyaning neyroplastikligini — moslashish va o‘rganish qobiliyatini faollashtiradi. Miya ma’lumotni tezroq qabul qiladi hamda nostandart yechimlarni topadi. Bu, ayniqsa, ijodiy kasb egalari uchun juda muhimdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, uzoq davom etadigan harakatsiz va aqliy ish paytida tanaffuslar qilish kerak. Bu aqliy qobiliyatlarni yaxshilashga va konsentratsiyani oshirishga yordam beradi. Ijobiy natijalarga erishish uchun kuniga 15-20 daqiqa yurish kifoya. Qisqa yurishlarni kundalik jadvalingizga moslashtirish oson. Boshqa bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yurish gipertenziyaning oldini olish uchun foydalidir. Bundan tashqari, agar siz yuqori qon bosimiga moyil bo‘lsangiz, dietangizni o‘zgartirishingiz kerak.

  • 26 Noyabr, 14:50
  • Batafsil
not found

JSST maymun chechagi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatni tasdiqladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mpox (maymun chechagi) bilan kasallanishning o‘sishi munosabati bilan jahon sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda holat rejimi saqlanib qolayotganini tasdiqladi. Bunday qarorni mpox bo‘yicha favqulodda qo‘mita tarkibiga kiruvchi ekspertlar tavsiyasi asosida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus qabul qildi. Qo‘mita 22-noyabr kuni maymun chechagi bilan kasallanishning ko‘payishi munosabati bilan joriy yilning avgust oyidan beri ikkinchi marta yig‘ildi. Gebreyesus ekspertlarning ushbu kasallik "xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan jamoat sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat bo‘lib qolayotganligi" haqidagi fikriga qo‘shildi. Bunday xulosaga kelish uchun kasallanganlar sonining o‘sishi va mpox ning davom etayotgan geografik tarqalishi asos bo‘ldi, bu esa "mamlakatlar va hamkorlar" tomonidan muvofiqlashtirilgan javob choralarini ko‘rishni talab qiladi, deb tushuntirdi JSST. 2022-yil boshidan buyon 123 mamlakatda mpox bilan 109 699 holat, shu jumladan 236 o‘lim holati qayd etilgan. Avvalroq JSST 2022-yil iyul oyida Favqulodda vaziyatlar rejimini joriy etgan, biroq kasallanishning pasayishi tufayli 2023-yil may oyida uni bekor qilgan edi. Joriy yilning avgust oyida Afrikada kasallikning yangi avj olishiga javoban favqulodda holatlar rejimi tiklandi. Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (Africa CDC) Afrikada mpox bilan kasallanganlar soni yillik hisobda 500 foizga oshganini ma’lum qildi.

  • 26 Noyabr, 12:17
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech