11:32 (20.07.2023)

2182

Butunlay yo'qolgan kasalliklar

Deyarli unutilgan kasalliklarning ko'plari hali ham mavjud: vabo, moxov, tif. Shunga qaramay, aksariyat odamlar ba`zi infektsiyalar ustidan to'liq yoki deyarli to'liq g'alaba qozonilganligi haqida bilishmaydi.

Chechak

O`tmishda ana shu kasallikdan o`rtacha 10 ta bemordan 3 tasi vafot etgan. Omon qolganlarning terisida ko'pincha chandiqlar qolib ketgan va ba`zilari ko'r bo`lib qolgan. XVIII asrda Yevropada bu kasallik yiliga 400 mingga yaqin odamni o‘ldirgan.

Chechak isitma, zaiflik, bosh, bel va qorindagi og'riqlar bilan boshlanib, kasallikning 2-3 kunida yuz va qo'llarda, keyinchalik badanda toshmalar paydo bo'lgan. Unga qarshi birinchi dozadan samarali bo`lgan arzon vaktsina borligi sababli, chechak juda tez va onson yengildi. Kasallikning alomatlari yaqqol ko`rinadigan bo`lgani uchun bemorlarni darhol izolyatsiya qilish imkonini berdi. Chechakni yo'q qilish kampaniyasi 1968 yilda boshlangan va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda kasallik butunlay yo'qolganini e'lon qildi.

Qoramollar vabosi

Bu kasallikning qo'zg'atuvchisi qizamiq virusining "yaqin qarindoshi" bo'lgan ortovirus edi. 1980-yillarda Afrikadagi so'nggi yirik epidemiya 2 milliard dollarlik zarar keltirdi.Qoramollarni emlash orqali kasallikni yo'q qilish bo'yicha global dastur 1994 yilda boshlangan va 2010 yilda qoramol vabosi butunlay yo`qolganligi e'lon qilingan. Bu infektsiya odamlarga ta'sir qilmadi. Shunchaki ommaviy emlash kasalliklarni qaytarib bo'lmaydigan darajada yo'q qilishi mumkinligini yana bir misolidir. 

Uyqu kasalligi

1919 yildan 1926 yilgacha Yevropa va Shimoliy Amerikada letargik ensefalit epidemiyasi tarqaldi. O'shandan beri bu kasallik boshqa umuman uchramagan. Uning qo'zg'atuvchisi hali ham aniqlanmagan.Kasallik kuchli isitma, bosh og'rig'i, letargiya (holsizlanish, o'ta charchash), katatoniya (harakatsizlik), kechasi uyg'oq bo`lib va kunduzi esa, aksincha, uzoq vaqt davomida uxlash bilan namoyon bo'ldi. Og'ir holatlarda bemorlar komaga tushib vafot etdilar. Omon qolganlarning 60% parkinsonizm rivojlandi.Olimlar kasallikning sababi "ispan grippi" virusi bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi - og'ir pandemiyaga sabab bo'lgan maxsus shtamm, bu ensefalit tarqalishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi. 

Ingliz teri (terlash)

Ingliz terlash - bu Angliya va Yevropada, asosan, 15-asr oxiridan 16-asrning o'rtalariga qadar keng tarqalgan noodatiy kasallikdir. Kasallik Rossiyada ham sodir bo'lgan. Uning tarqalishi boshqa epidemiyalarga o'xshamas edi: kasallik ko'pincha qishloq aholisiga ta'sir qildi, epidemiyalar uzoq davom etmadi. Kasallikning sababi noma'lumligicha qolmoqda, unga xantavirus sabab bo'lgan degan tahminlar bor. Kasallik kuchli titroq, qattiq bosh aylanishi, bo'yin va bo'g'imlarda og'riqlar bilan boshlanib, 1-3 soatdan keyin terlash, isitma, ongning xiralashishi, chidab bo'lmas uyquchanlikni keltirib chiqargan. Bemorlarda o'lim darajasi yuqori edi.16-asrdan keyin kasallik juda kam uchraydi. 1907 yildan keyin G'arbiy Yevropada ingliz terlash bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech