09:06 (25.04.2025)

190

Ishchi guruh o‘rganishlari

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlaridan tashkil etilgan ishchi guruhlar hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, Navoiy viloyatiga xizmat safari doirasida, "Navoiy Dori-Darmon" AJ qarashli “Avitsenna” MCHJ farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati bilan uchrashdi.

• “Avitsenna” MCHJ 2001-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda 17 turdagi dori vositalari ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlar “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi hamda xususiy dorixonalarga shartnoma asosida yetkazib beriladi.

• Xizmat safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — joylarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, mavjud muammolarga aniq va samarali yechimlar topish, shuningdek, yangi investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech