Yangiliklar

not found

Iflos havo jismoniy mashqlar foydasini pasaytirishi aniqlandi

Havodagi zaharli moddalarning uzoq muddat ta’siri muntazam jismoniy mashqlar ta’sirini ikki baravargacha kamaytirishi mumkin. Tadqiqotda Buyuk Britaniya, Tayvan, Xitoy, Daniya va AQSHdan 1,5 milliondan ortiq katta yoshli kishilar ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘n yildan ziyod kuzatilgan, ularning jismoniy faollik darajasi va atrofdagi havo sifati baholangan. PM2,5 mayda zarrachalar konsentratsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Jismoniy mashqlar oʻlim xavfini kamaytiradi, biroq... Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, haftasiga kamida ikki yarim soatlik jismoniy mashqlar o‘lim xavfini taxminan 30 foizga kamaytirgan. Biroq odam havoning ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda yashasa, bu ta’sir sezilarli pasaygan. PM2,5 ning o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 25 mkg/m3 dan oshganda himoya ta’siri taxminan ikki baravar: 12—15 foizgacha kamaygan. Og‘irroq sharoitlarda — ifloslanish darajasi 35 mkg/m3 dan yuqori bo‘lganda, mashg‘ulotlarning foydasi yanada kuchliroq pasaygan. Olimlarning ta’kidlashicha, dunyo aholisining taxminan uchdan bir qismi havoning shunday ifloslanishiga duchor bo‘ladi. London Qirollik kolleji professori Endryu Steptouning aytishicha, zaharli havo jismoniy mashqlarning salomatlikka ta’sirini susaytirishi mumkin, ammo ularning foydali ta’sirini butunlay yo‘qqa chiqarmaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, tahlilga boshqa omillar: daromad, ta’lim, chekish va surunkali kasalliklarning mavjudligi ham kiritilgan, bu esa xulosalarning ishonchliligini oshiradi.

  • 12 Dekabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash tartibi yangilanadi

O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy jihozlarni sertifikatlashtirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. Yangi tartibga ko‘ra, 2027 yildan boshlab dori vositalari uchun milliy GMP sertifikati, tibbiy jihozlar uchun esa ISO 13485 standartiga muvofiqlik milliy sertifikati bosqichma-bosqich talab etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i loyihasi bilan amaldagi “Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari” qayta ko‘rib chiqildi. Unga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlari tushunchasiga dori vositalari bilan bir qatorda tibbiy jihozlar ham aniq kiritiladi. Sertifikatlashtirish ishlariga haq to‘lash endi ariza beruvchi tomonidan muvofiqlikni baholash natijasidan qat’i nazar, faqat haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib amalga oshiriladi va barcha ishlar to‘lov oldindan qilinganidan so‘ng bajariladi. 2027 yil 1 yanvardan dori vositalari uchun ishlab chiqaruvchining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” milliy sertifikati, 2027 yil 1 iyuldan tibbiy jihozlar uchun ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikati talab etiladi. Shu bilan birga, bir qator holatlarda bu talablar qo‘llanmaydi. Jumladan: orfan (kam uchraydigan) kasalliklar uchun mo‘ljallangan, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilmagan holda import qilinadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar; majburiy sertifikatlashtirish talab etilmaydigan tibbiy jihozlar; tan olish tartibi orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladigan dori vositalari va jihozlar; Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan mahsulotlar. Shuningdek, namunalarni tanlab olish va hujjatlashtirish jarayonlari raqamlashtirilib, sertifikat.tris.uz elektron tizimi orqali dalolatnomalar rasmiylashtirilishi va elektron imzo bilan tasdiqlanishi belgilanadi.

  • 10 Dekabr, 14:20
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech