Yangiliklar

not found

Olimlar multivitaminli komplekslarni qabul qilish foydasiz ekanligini aytmoqda

AQSH Milliy saraton instituti olimlari 20 yildan ortiq vaqt davomida har kuni multivitaminli komplekslarni isteʼmol qilgan 400 mingga yaqin amerikaliklarning soʻrovnomalarini oʻrganib chiqib, bu ularning umr koʻrish davomiyligiga ijobiy taʼsir koʻrsatmagan degan xulosaga kelishdi. Aksincha, bu guruhda oʻlim xavfi vitaminlarni qabul qilmaganlarga qaraganda 4% yuqori boʻlgan. Mutaxassislar hozirda bunday komplekslarni qabul qilishning foydasi haqida ilmiy dalillar yoʻqligini tasdiqladi. AQSH Milliy Saraton Instituti tadqiqotchilari nufuzli JAMA Network ilmiy jurnalida muntazam ravishda multivitaminlar (bir kapsulada bir nechta vitaminlarni oʻz ichiga olgan preparatlar, baʼzan mikroelementlar bilan birga) qabul qilgan fuqarolarni kuzatuv natijalarini eʼlon qildi. Tadqiqotda oʻrtacha yoshi 61,5 yosh boʻlgan 390 124 kishi ishtirok etdi. 20 yildan ortiq davom etgan eksperiment boshlanishida ishtirokchilarning hech birida saraton yoki boshqa surunkali kasalliklar boʻlmagan. Bu vaqt ichida olimlar 164 762 oʻlimni qayd etishdi. Deyarli 50 ming kishi saraton kasalligidan, 35 ming kishi yurak va qon tomir patologiyalaridan, 9 ming bemor esa miya qon tomir kasalliklaridan vafot etgan. Tadqiqotchilik komplekslarni kundalik isteʼmol umr koʻrish yoshiga ijobiy taʼsir koʻrsatmaydi, degan xulosaga kelishdi. Aksincha,  multivitaminli qoʻshimchalarni qabul qilgan ishtirokchilar orasida oʻlim xavfi 4 foizga yuqori boʻlgan. Shu bilan birga, tahlillar shuni koʻrsatdiki, multivitaminlarni isteʼmol qiluvchilarda saraton, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklardan umumiy oʻlim va oʻlim ehtimoli qoʻshimchalarni qabul qilmagan ishtirokchilar bilan taqqoslanganda yuqori boʻlgan. Har uch amerikalik kattalardan biri, ilmiy tadqiqotlarga koʻra, kasallikning oldini olish uchun multivitaminlarni qabul qiladi. Shu bilan birga, oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra,  2021-yilda  koronavirus pandemiyasi davrida vitaminlarni isteʼmol qilish koʻpaygan. - Saratonning oldini olish va davolashda vitamin qoʻshimchalarining samaradorligi yetarlicha oʻrganilmagan, -deydi Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Oksana Drapkina, -baʼzilari zararsiz boʻlishi mumkin, ammo koʻplab vitamin qoʻshimchalari kimyoterapiya preparatlariining taʼsirini susaytiradi yoki yon taʼsirini oshiradi. Xususan, antioksidant qoʻshimchalarni qabul qilish saratonning qaytalani bilan bogʻliqligi qayd etilgan, dedi u. "Kimyoterapiyaning nojoʻya taʼsirini kamaytirish uchun vitaminlar kerak boʻlgan baʼzi holatlar mavjud. Biroq, koʻp hollarda, qoʻshimchalar kerak emas yoki davolanish vaqtida toʻxtatilishi kerak, - deb taʼkidlaydi Sogʻliqni saqlash vazirligi eksperti. 

  • 12 Iyul, 09:00
  • Batafsil
not found

JSST tibbiy asbob-uskunalar boʻyicha yagona axborot platformasini ishga tushirdi

Bugun dunyoda profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya maqsadlarida qoʻllaniladigan 10 000 dan ortiq turdagi tibbiy buyumlar mavjud. Oʻz navbatida, ularni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham koʻp.  Ana shunday sharoitda qaysi tibbiy texnologiyaning samaradorligi yuqori, qay biri nisbatan arzon va foydalanish uchun qulay, degan savollar xaridoru buyurtmachilarni jiddiy oʻyga toldirishi tabiiy. Toʻgʻri tanlov qilish uchun esa ishonchli va boy tahliliy maʼlumotlar bazasi hamda vaqt sinovidan oʻtgan oqilona tavsiyalar zarur. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ana shu boʻshliqni toʻldirish maqsadida ilk bor tibbiy asbob-uskunalar boʻyicha yagona axborot tizimi — MeDevIS onlayn platformasini ishga tushirdi. U hukumatlar, davolash-profilaktika muassasalari, donor tashkilotlar hamda individual foydalanuvchilar uchun moʻljallangan.  Mazkur tarmoqda reproduktiv salomatlik, onalar va bolalar sogʻligini muhofaza qilish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan hamda boshqa turdagi kasalliklar diagnostikasi va muolajasida qoʻllaniladigan 2300 dan ortiq turdagi mahsulotlar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Ular orasida oddiy shpris, tibbiy niqob, elektron termometr va pulsoksimetrdan tortib protezlar, yurak stentlari, murakkab laboratoriya tizimlari, elektrokardiograflar, endoskoplar, gemodializ apparatlari, defibrillyatorlar va innovatsion radioterapiya uskunalarigacha bor. Foydalanuvchilar MeDevIS platformasi orqali oʻzlariga kerakli mahsulot, buyum, texonologiya imkoniyatlari, samaradorligi, zarur infratuzilma, sogʻliqni saqlash tizimi darajasi (masalan, mahalliy klinika yoki ixtisoslashtirilgan shifoxona) kabi koʻp qirrali axborotlarga ega boʻladi. JSST hozircha faqat ingliz tilida foliyat olib borayotgan yangi platformani kelgusida bosqichma-bosqich takomillashtirib borishni maqsad qilgan.

  • 11 Iyul, 15:00
  • Batafsil
not found

Dorilarni tanlash: tarkibini, ishlab chiqaruvchisini va haqiqiyligini tekshirish kerak

Sifatsiz va qalbakilashtirilgan tibbiy mahsulotlar bemorlarga zarar yetkazishi va moʻljallangan kasalliklarni davolamasligi mumkin. Masalan, bezgakka qarshi dorilarni qalbakilashtirish har yili qariyb 450 ming kishining oʻlimiga sabab boʻladi. JSST maʼlumotlariga koʻra, oʻrta va kam daromadli mamlakatlarda sifatsiz va soxta tibbiy mahsulotlarning umumiy ulushi taxminan 10,5% ni tashkil qiladi. Sifatli dorilar  javob berishi kerak boʻlgan mezonlar: Farmakopeya monografiyasi talablariga muvofiqligi - sifat standartlari koʻrsatilgan hujjat. Xavfsizlik - dori zarar yetkazmasligi kerak. Samaradorlik - kasallikni toʻxtatishga ijobiy taʼsiri Preparatning tozaligi -begona qoʻshimchalar yoʻqligi. Identifikatsiya - maqsadga muvofiqligi, seriya raqami, saqlash muddati tugamaganligi. Sifatli dori-darmonlar  GMP standartiga va roʻyxatga olish xujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqariladi. Baʼzida soxta dorilar juda yaxshi niqoblanadi va ularni yuqori sifatli dori-darmonlardan ajratish juda qiyin.  Ammo baʼzi belgilarga koʻra, hali ham ajrata olish mumkin: Koʻzni oladigan gʻayrioddiy shrift, imlo xatolari. Seriya raqamlari, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchining birlamchi va ikkilamchi qadoqdagi manzili mos kelmasligi. Ishlab chiqaruvchining aniq manzili emas- faqat mamlakat va shahar koʻrsatilishi. Qadoqlash sifatsiz - shikastlanishlar, yirtilgan joylari bor, chiplar, matni yomon bosilgan. Tabletkalar shikastlangan - ular parchalanadi, yoriqlar yoki dogʻlar koʻrinadi. Qutining yoki idishning pastki qismida chang yoki tabletka boʻlaklari mavjud. Tabletkalardagi naqshlar,yozuvlar har xil yoki tartibsiz koʻrinadi. Masalan, baʼzi bir satrlarda ular yaxshi koʻrinadi, boshqalarida - yomon. Agar siz dori soxta ekanligiga shubha qilsangiz, yoʻriqnomada yoki paketda telefon raqami koʻrsatilgan farmatsevtika kompaniyasiga qoʻngʻiroq qiling. Vijdonli ishlab chiqaruvchilar har doim dori vositalarining haqiqiyligini seriyaning raqami bilan tasdiqlashga tayyor.  Bugungi kunda Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin. Data Matrix kodlarini skanerlashda isteʼmolchi dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni oladi. Ilova Oʻzbekiston hududida rasmiy muomalada boʻlgan dori vositalarini oʻqiy oladi. Agar ilova kodni oʻqisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki Oʻzbekiston hududiga olib kirilganligini bildiradi. Agar oʻqimasa, unda sotib olishdan bosh tortgan maʼqul. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar bering. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasidan amalga oshirish mumkin. Maʼlumotlar tegishli organlarga yetkaziladi. Agar siz dori xavfsizligiga ishonch hosil qilishni istasangiz albatta tarkibini tekshiring. Siz uchta sababga koʻra tarkibini koʻrib chiqishingiz shart: 1.Uning tarkibida allergik moddalar yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun. 2.Bir xil faol moddalar boʻlgan dorilarni sotib olmaslik uchun. Tarkibida bir xil faol moddaga ega boʻlgan bir nechta dori-darmonlarni qabul qilish tanadagi ushbu moddaning koʻpayib ketishiga olib keladi. 3.Siz nima bilan davolanayotganingizni bilish uchun. Tanish boʻlmagan tarkibiy qismlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish kerak. Dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

  • 11 Iyul, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech