Yangiliklar

not found

2025-yilda 765 ta dorixonada narxlarni asos­siz oshirish holatlari aniqlandi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirib qoʻllagan dorixonalarni aniqlash va isteʼmolchilar huquqlarini tiklash boʻyicha keng koʻlamli oʻrganishlar oʻtkazildi. Xabaringiz borki, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan 2025-yil davomida Qo‘mitaning “Fair tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlarga ketma-ketlikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, 765 ta dorixonada (119 ta ulgurji va 646 ta chakana) 267 456 ta holatda 7,95 mlrd. so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchilarning nomuayan doirasi huquqlari tiklash choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzilishi bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi. - Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 ta dorixonada 5 311 ta holatda 130,3 mln. so‘m miqdorda; - Andijon viloyatida 26 ta dorixonada 3 200 ta holatda 95,5 mln. so‘m miqdorda; - Buxoro viloyatida 53 ta dorixonada 38 355 ta holatda 929,4 mln. so‘m miqdorda; - Jizzax viloyatida 23 ta dorixonada 1 042 ta holatda 56,4 mln. so‘m miqdorda; - Qashqadaryo viloyatida 50 ta dorixonada 2 783 ta holatda 203,6 mln. so‘m miqdorda; - Navoiy viloyatida 79 ta dorixonada 20 645 ta holatda 329 mln. so‘m miqdorda; - Namangan viloyatida 56 ta dorixonada 36 310 ta holatda 575,2 mln. so‘m miqdorda; - Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holatda 1 mlrd. 231 mln. so‘m miqdorda; - Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 mlrd. 570,2 mln. so‘m miqdorda; - Cirdaryo viloyatida 33 ta dorixonada 2 782 ta holatda 208,6 mln. so‘m miqdorda; - Toshkent viloyatida 63 ta dorixonada 21 983 ta holatda 735,1 mln. so‘m miqdorda; - Farg‘ona viloyatida 35 ta dorixonada 22 760 ta holatda 310,1 mln. so‘m miqdorda; - Xorazm viloyatida 25 ta dorixonada 3 867 ta holatda 199,3 mln. so‘m miqdorda; - Toshkent shahrida 173 ta dorixonada 131 219 ta holatda 1 mlrd. 404,7 mln. so‘m miqdorda iste’molchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi aniqlangan. - Qo‘mita tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

  • 5 Fevral, 12:00
  • Batafsil
not found

JSST: bemorlarni sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish orqali deyarli 40% oʻsimtalarning oldini olish mumkin

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti  va Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) mutaxassislari aniqlashicha, 36 turdagi xavfli oʻsimtalarning deyarli 40% holati zararli odatlarni tark qilish, toʻgʻri ovqatlanish va virusli hamda bakteriyali infeksiyalar bilan samarali kurash orqali oldini olish mumkin. Bu esa har yili aniqlanadigan oʻsimtalar sonini 7,1 millionga qisqartirish imkonini beradi, deyiladi Nature Medicine jurnal da chot etilgan maqolada. Saraton kasalligi butun dunyo boʻylab oʻlimning asosiy sababi boʻlib qolmoqda, ammo uning katta qismi oldini olish mumkin. "Biz BMTga aʼzo 185 ta davlatda 36 turdagi oʻsimtalarning rivojlanishiga taʼsir etuvchi 30 ga yaqin oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xavf omillarining qanday taʼsir qilishini har tomonlama baholadik. Ushbu hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, har yili qayd etiladigan 18,7 million saraton kasalligining taxminan 7,1 millionini oldini olish mumkin", deyiladi tadqiqotda. Bu xulosaga kelgan tibbiyotchilar jamoasi Global Burden of Disease (GBD) global loyihasi doirasida toʻplangan maʼlumotlarni keng qamrovli oʻrgandilar. Loyiha dunyo sogʻligʻiga taʼsir etuvchi omillarni kuzatishga qaratilgan. Statistikaga saraton holatlari, shuningdek, bemorlarning zararli odatlari va infeksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritilgan. Bu maʼlumotlardan foydalanib, olimlar oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan 30 ga yaqin xavf omillarining – zararli odatlar, jismoniy faoliyatning kamligi, xatarli kasblar, notoʻgʻri ovqatlanish hamda virusli va bakteriyali infeksiyalar – 36 ta eng keng tarqalgan xavfli oʻsimtalar rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini tahlil qildilar. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻsimtalar rivojlanishining katta qismi,  deyarli 40 foizini bemorlarning hayot tarzi va ovqatlanish tartibini oʻzgartirish orqali oldini olish mumkin. Mutaxassislarning fikriga koʻra, oldini olish mumkin boʻlgan saraton holatlarining ulushi dunyoning turli mintaqalarida erkaklar va ayollar oʻrtasida sezilarli darajada farq qilgan. Xususan, erkaklar uchun bu koʻrsatkich taxminan 45,4% ni, ayollar uchun esa atigi 29,7% ni tashkil etdi.  Shuningdek, olimlar potensial oldini olish mumkin boʻlgan oʻsimtalarning taxminan 11,5% holati ikki infeksiya – papillomavirus va Helicobacter pylori bilan bogʻliqliq ekanligini aniqladi. Har yili 4-fevral – Butunjahon saratonga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun saraton haqidagi maʼlumotni oshirish va onkologik kasalliklarni aniqlash hamda davolash muammolariga eʼtiborni jalb qilish maqsadida oʻtkaziladi.

  • 4 Fevral, 13:25
  • Batafsil
not found

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda

Quyi palata majlisida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni koʻrsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Ushbu qonun loyihasi bilan «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi va «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida qoʻshimcha xizmatlar hisoblanadigan tibbiy yordam turlari belgilanishini, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqini olishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.  Yaʼni, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qoʻshimcha xizmatlar boʻlib, ular pulli asosda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Oilaviy shifokorning yoki tibbiyot brigadasining yoʻllanmasisiz murojaat qilgan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam ham qoʻshimcha xizmat hisoblanadi. Bundan shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish mustasno. Shuningdek, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Xususan, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oʻziga tibbiyot sohasida, oliy yoki kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar ega boʻlishi belgilanmoqda. Bunda tibbiyot sohasida oliy yoki kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom berilganda, yakuniy davlat attestatsiyasining natijasiga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi Majlisda belgilanayotgan normalar aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini samarali taʼminlashga, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishga, qonunchilik va malaka talablariga mos kelmaydigan shaxslarning tibbiy hamda farmatsevtik faoliyat bilan shugʻullanishining oldini olishga xizmat qiladi.   Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

  • 3 Fevral, 18:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech