Yangiliklar

not found

Sifati kafolatlanmagan va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tumani boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “N.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi D.X. fuqaro M.X.ga “Benzonal” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz 600 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli kirim va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 34 turdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Departamentning Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.U. fuqaro M.X.ga 2 turdagi 270 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 14 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida, avtomashina old oʻrindigʻida kelayotgan fuqaro A.U. 40 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir dori vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda. Maʼlumot uchun: Qonunchilikda, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dorilarning chakana savdosi faqat ijtimoiy dorixonalar, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

  • 29 Aprel, 15:13
  • Batafsil
not found

Yoshlarning ko‘z salomatligi xavf ostida

Tadqiqotchilar birinchi marta quruq ko‘z belgilari yoshlarning aksariyatida kuzatilishini isbotladi - 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot ishtirokchilarining 90 foizida kasallikning kamida bitta belgisi kuzatilgan. Yarmidan ko‘pi — 56 foizi allaqachon to‘liq quruq ko‘z sindromidan aziyat chekkan, 50 foizi esa ko‘z yoshi plyonkasining himoya qatlamini ishlab chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan meibomiya bezlarining kamida to‘rtdan bir qismini yo‘qotgan. Maqola The Ocular Surface jurnalida chop etilgan. Quruq ko‘z sindromi tanada yetarlicha ko‘z yoshlari paydo bo‘lmaganda yoki ularning tarkibi buzilganda rivojlanadi. Natijada qichishish, achishish, ko‘zning qizarishi, yorug‘likdan qo‘rqish va ko‘rishning xiralashishi yuzaga keladi. Kontakt linzalari taqib yuradiganlar va ko‘p vaqtini ekranlar oldida o‘tkazadiganlar xavf guruhiga kiradi. Tadqiqot ishtirokchilari ekranlardan kuniga o‘rtacha sakkiz soat foydalanishgan. Tadqiqotchilar oradan bir yil o‘tib ishtirokchilarni yana tekshirishdi va ularning muhim qismida simptomlarning rivojlanishini qayd etishdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, kasallikning bunday erta rivojlanishi erta tashxis qo‘yish va oldini olish zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoshlarga ko‘zlarini himoya qilishni o‘rgatish – kompyuterda ishlayotganda tanaffuslar qilish, ko‘z mashqlarini bajarish, suvsizlanishdan himoyalanish va yetarlicha uxlashni o‘rgatish zarur. Omega-3 yog‘ kislotalariga boy parhez ham xavfni kamaytirishi mumkin. Olimlar kelgusi tadqiqotlarda olimlar sindromning rivojlanishi va ovqatlanishning ko‘z holatiga ta’sirini ko‘rsatadigan biomarkerlarni batafsilroq o‘rganishni rejalashtirmoqda.

  • 29 Aprel, 08:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech