Yangiliklar

not found

2025-yildagi faoliyati yakunlari, 2026-yil rejalari

Milliy matbuot markazida “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining 2025-yildagi faoliyati yakunlari, 2026-yil rejalari” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda kompaniya rahbar va boʻlim boshliqlari, mehmonlar hamda jurnalistlar, blogerlar ishtirok etishdi.  Matbuot anjumanida "Dori-Darmon" AK Boshqaruv raisi v.v.b. Abdugʻani Kamilov kompaniyaning 2025-yildagi faoliyati boʻyicha muhim maʼlumotlarni taqdim etdi: 2026-yil 1-mart holatiga Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida 455 ta dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shugʻullanish huquqiga ega tashkilotlar mavjud, shulardan biri bizning “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya oldiga qoʻyilgan vazifalarni masʼuliyat bilan bajarib kelmoqda. Xususan: Ulgurji va chakana savdo bilan shugʻullanuvchi kompaniyamiz tizimida 1300 dan ortiq ijtimoiy dorixona va dorixona shaxobchalari faoliyat yuritadi. Ushbu dorixonalarning 1143 tasi yoki 87,6 foizi qishloq hududlarida joylashgan. Bugungi kunda Respublika boʻyicha Kompaniya tizimida faoliyat yuritayotgan barcha dorixonalarimiz Zarur dorixona amaliyoti-GPP talablariga javob beradi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʻlinmalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri hisoblanadi. 2025-yil davomida: - sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga –128,1 mlrd. soʻm; - boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 47,8 mlrd. soʻm; - xususiy sektorga – 20,5 mlrd. soʻm; - harbiy davolash muassasalariga – 1,0 mlrd. soʻm; - ichki tizim boʻyicha –107,3 mlrd. soʻm; - QVP va QOPlarga –94.4 mlrd. soʻmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning 14 toifasi roʻyxati tasdiqlangan. Roʻyxatga onkologik, sil, moxov, endokrinologik, ruhiy kasalliklarga chalinganlar, OIV kasalligini yuqtirganlar, yurak klapanini protezlash va organlarni koʻchirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar, dasturli gemodializ oluvchi bemorlar, shuningdek oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz pensionerlar, ikkinchi jahon urushi oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va urush qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar, urush mehnat fronti qatnashchilari, Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar, baynalmilalchi jangchilar hamda harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar kiritilgan. Bu toifaga kiruvchi bemorlarga Kompaniya va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalari orqali 2025-yilda 396 121 ta retsept asosida 37 mlrd. 202 mln.soʻmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. Kamilov 2021-yildan Respublikamiz boʻylab joriy etish boshlangan Reimbursatsiya dasturi doirasida olib borilayotgan ishlarga ham toʻxtalib oʻtdi: Xususan, bugungi kunda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli 474 ta dorixona va dorixona shoxobchalarida reimbursatsiya dasturi mavjud. Xususan: ➖ “Qoraqalpoq Dari-Darmaq”ning 37 ta, ➖ “Buxoro Dori-Darmon”ning 104 ta, ➖“Xorazm Dori-Darmon”ning 63 ta, ➖ “Samarqand Dori-Darmon”ning 71 ta, ➖ “Navoiy Dori-Darmon”ning 35 ta, ➖ “Qashqadaryo Dori-Darmon” ning 52 ta, ➖ “Andijon Dori-Darmon”ning 9 ta, ➖ “Surxon Dori-Darmon”ning 12 ta, ➖ Sirdaryo mintaqaviy boʻlinmamizning 47 ta, ➖ Toshkent shahridagi 44 ta dorixonamizdan elektron retsept asosida dori vositalari olish mumkin. Shu kunlarda Fargʻona, Namangan, Toshkent va Jizzax viloyatlarida ham hududiy jamiyatlarimizga qarashli dorixonalarda Tibbiy sugʻurta jamgʻarmalari bilan shartnomalar tuzib, reimbursatsiya dasturini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Xabaringiz bor, reimbursatsiya dasturiga gipertoniya, yurak-ishemik kasalligi, qandli diabetning 2 turi, bronxial astma va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi kiritilgan boʻlib, bemorlar oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali 28 turdagi dori-darmonlarni olishlari mumkin. 2025-yil davomida kompaniya va hududlardagi jamiyatlarimizning reimbursatsiya dasturiga ulangan dorixonalari orqali 35 mlrd. 950 mln. soʻmlik dori vositalari elektron retsept orqali bemorlarga bepul berildi. 2025-yilda Respublika aholisini sifatli, arzon va barqaror dori-darmon vositalari bilan taʼminlash maqsadida kompaniyamiz tomonidan Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari tasarrufidagi poliklinika tipidagi tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Ijtimoiy dorixona”larni tashkil etish boʻyicha bitim imzolashga erishildi. Bu nafaqat kompaniyamiz uchun balki aholi uchun ham yaxshi xabar deb ayta olamiz, chunki qishloq joylarda aholining dorixonalarga ehtiyoji mavjud. Taʼkidlash kerakki, ushbu muhim tashabbus yangi ish oʻrinlari yaratilishiga, aholining, jumladan uzoq hududlarda dori vositalariga boʻlgan ehtiyojni oʻz vaqtida qondirish hamda farmatsevtika xizmatlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Ijtimoiy dorixona”larni tashkil etish boʻyicha bitim Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PQ-4290-son “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktyabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan tayyorlangan. Joriy yilning 24-mart holatiga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ➖ Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 ta, ➖ Namangan viloyatida 15 ta, ➖ Xorazm viloyatida ham 15 ta, ➖ Navoiy viloyatida 4 ta, ➖ Surxondaryo viloyatida 3 ta, ➖ Toshkent viloyatida 4 ta, ➖ Buxoro viloyatida 2 ta, ➖ Qashqadaryo viloyatida 1 ta, ➖ Toshkent shahrida 4 ta, jami 50 ta yangi dorixona va dorixona shoxobchalari ochildi. "Dori-Darmon"AK va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda ijtimoiy loyiha yoʻlga qoʻyilgan, bu haqda avvalgi matbuot anjumanlarimizda ham aytib oʻtganmiz. Loyiha doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga murojaatlar asosida peshob qabul qilgich, (mochepriyemnik) yetkazib berilmoqda. Hisobot davrida 950 ta, joriy yilning oʻtgan davri mobiynida 460 ta mochepriyemnik tibbiyot buyumi yetkazib berildi. Kompaniyaning hisobot yilida umumiy tovar aylanmasi 557,4 mlrd soʻmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 307,9 mlrd.soʻmni, chakana tovar aylanmasi 249,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga 2025-yil davomida aholi tomonidan jami 7462 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 575 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali, 6563 tasi (78) 120-16-61 ishonch telefonlari orqali, 258 ta bot orqali va 66 ta yozma shaklda yoʻllangan. Asosiy qismida dori vositalarini topish va xarid qilishda koʻmaklashish, dori vositalarini xayriya asosida taqdim etish, shuningdek, uzoq hududlarda dorixonalar ochish masalalari koʻtarilgan. Shu bilan birga, boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha murojaatlar ham mavjud. Murojaatlarning barchasi Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy rioya etilgan holda tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, ijobiy hal etildi hamda zarur hollarda asosli javob qaytarildi. "Dori-Darmon" AK Boshqaruv raisi v.v.b. Abdugʻani Kamilov kompaniyaning 2026-yildagi rejalari haqida maʼlumot berib oʻtmoqda: ➖ aholini sifatli dori vositalari bilan taʼminlash darajasini yanada oshirish; ➖aholining ayrim toifalarini imtiyozli asosda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va reimbursatsiya dasturi doirasida dori vositalari bilan muntazam taʼminlash; ➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida dorixonalar ochish; ➖Kompaniya tizimidagi barcha dorixona va dorixona shoxobchalarini Reimbursatsiya dasturiga ulash va shu asosda aholiga sifatli xizmat koʻrsatish; ➖ “Elektron retsept” tizimi asosida retsept bilan beriladigan dori vositalarini aholiga bosqichma-bosqich faqat shifokor retsepti orqali taqdim etishga qaratilgan islohotlar va amaliyotni qoʻllab-quvvatlagan holda, aholining tibbiy madaniyatini oshirishga oʻz hissamizni qoʻshish; ➖ mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish; ➖ Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarining muhim va zarur dori vositalarini bilan taʼminlash. Asosiy maʼlumotlar taqdim etilgach, jurnalistlar oʻzlarini qiiqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, xususan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarini olib kirish, aholini taʼminlashda uzluksizlikni taʼminlash, davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy dorixonalarni tashkil etishning ahamiyati kabi masalalar koʻtarildi. 

  • 31 Mart, 14:01
  • Batafsil
not found

O‘simlik vositalari va dorilarning o‘zaro ta’sir xavfi

Ko‘p bemorlar retseptura asosida beriladigan dori-darmonlarni qabul qilish bilan bir qatorda o‘simlik vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni ham qo‘llaydilar, bu esa klinik ahamiyatga ega bo‘lgan dori-darmonlar o‘zaro ta’siri xavfini oshiradi. Ro‘yxatga olingan salbiy ta’sirlar qatoriga quyidagilar kiradi: — jigar fermentlari darajasining oshishi, — hazm tizimi buzilishlari, — varfarin qabul qilayotgan bemorlarda Xalqaro normallashtirilgan nisbat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, — buyrak faoliyatining buzilishi. Shuningdek, immunodepressantlarni qabul qilayotgan va shu vaqtda dala choyi (zveroboy)dan foydalangan bemorlarda ko‘pincha organ transplantatsiyalarining (yurak, buyrak, jigar) keskin rad etish holatlari qayd etilgan. Alohida xavf guruhiga katta yoshli bemorlar kiradi, chunki ular ko‘proq fitopreparatlardan foydalanadi, salbiy ta’sirlar haqida kamroq xabar beradi va ko‘pincha bir vaqtda bir nechta dori vositalarini qabul qilishadi. Eng yaxshi o‘rganilgan fitopreparat — dala choy (zveroboy), u sitoxrom P450 tizimi fermentlarining kuchli induktori hisoblanadi. U ayrim dori-darmonlarning samaradorligini pasaytiradi. Ilmiy adabiyotlarda 600 dan ortiq dori-darmonlar o‘zaro ta’siri qayd etilgan bo‘lib, shularning taxminan 300 tasi klinik ahamiyatga ega. Ko‘p qo‘llaniladigan o‘simlik vositalari: Tavolga (Filipendula ulmaria) Dispepsiya va ovqat hazm qilish tizimidagi yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi. U yengil yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, oshqozon kislota sekretsiyasini bostirmaydi. Shu bilan birga, salitsilatlarni o‘z ichiga oladi, shu bois aspiringa allergiyasi bor bemorlarga tavsiya qilinmaydi. Selderey urug‘i Giperurikemiya va podagrada yallig‘lanishdan kelib chiqadigan og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi zarur. Sarimsoq Lipid profilini to‘g‘rilash va trombotsitlar agregatsiyasini kamaytirish uchun ishlatiladi. Antikoagulyantlar bilan birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi va operatsiyadan oldin to‘xtatilishi kerak. Ashvaganda (Withania somnifera) Tashvish va stressni kamaytirish uchun qo‘llaniladi. GAMK-yergik tizimga ta’sir qiladi va hazm tizimida buzilishlar keltirib chiqarishi mumkin. Valeriana GAMK tizimiga ta’sir orqali tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Ba’zi bemorlarda (taxminan 10%) paradoksal reaksiya kuzatilishi mumkin — quvvatlanish va tashvishning oshishi. Moychechak Tashvish va yengil uyqu buzilishlarida qo‘llaniladi, o‘rtacha spazmolitik va bakteriyaga qarshi ta’sirga ega. Xulosa: Fitopreparatlar va biologik faol qo‘shimchalar (BAD) to‘liq xavfsiz deb hisoblanmasligi kerak — ularning dorilar bilan qo‘llashda ta’siri klinik ahamiyatga ega.

  • 30 Mart, 15:40
  • Batafsil
not found

Qishloq aholisi onkologik kasalliklardan ko‘proq vafot etadi: tahlil natijalari

Qishloq hududlarida yashovchilar shahar aholisiga nisbatan saratondan ko‘proq vafot etadi va bu farq tobora ortib bormoqda. Bu xulosaga tadqiqotchilar 1969-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan davrda qariyb 28 million o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali kelishgan. Tadqiqot natijalari Journal of the National Cancer Institute jurnalida e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda saratondan o‘limning eng yuqori ko‘rsatkichlari qishloq hududlarida qayd etilmoqda, eng past ko‘rsatkichlar esa yirik shaharlarda kuzatilmoqda. Holbuki, 1960-yillar oxirida vaziyat aksincha edi: o‘sha paytda aynan katta shahar aholisi onkologik kasalliklardan ko‘proq vafot etardi. Bu o‘zgarish erkaklarda 1990-yillarda, ayollarda esa 2000-yillar boshida yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Masalan, ilgarilari qishloq joylarda erkaklar o‘rtasida o‘pka saratonidan o‘lim ko‘rsatkichi shaharlarga nisbatan past edi, ammo so‘nggi yillarda bu 50 foizdan ham ko‘proqqa oshib ketdi. Mualliflar bu farqni tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarining teng emasligi bilan izohlaydilar. Qishloq hududlarida skrining tekshiruvlari kamroq o‘tkaziladi, davolanish imkoniyatlari cheklangan, xavf omillari yuqoriroq, jumladan chekish kengroq tarqalgan. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, natijalar sog‘liqni saqlashdagi tengsizlikning o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Diagnostika va davolash imkoniyatlarini yaxshilash orqali o‘lim holatlari kamayishi va qishloq hamda shahar aholisi o‘rtasidagi farq qisqarishi mumkin.

  • 26 Mart, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech