10:48 (05.05.2023)

17609

Elektr toki urganda birinchi yordam

Elektr toki urishi bilan bogʼliq baxtsiz hodisalarning deyarli yarmi oʼlim bilan tugaydi.

Shuning uchun, kimnidir elektr toki urgan boʼlsa, qanday yordam koʼrsatilishi kerakligini bilish muhimdir. Buning uchun:

▫️ Hodisa sodir boʼlgan joy siz uchun xavfsiz ekanligiga va jabrlanuvchi elektr toki bilan aloqada emasligiga ishonch hosil qiling.

▫️ Аgar jabrlanuvchi tok bilan aloqada boʼlsa va siz uni qanday oʼchirishni bilmasangiz, unga yaqinlashmang, darhol tez yordam xizmatini chaqiring!

▫️ Аgar joy va jabrlanuvchi siz uchun xavfli boʼlmasa, jabrlanuvchining hushi va nafas olishini tekshiring. Аgar ong va nafas olish mavjud boʼlsa, uning kuyish va yiqilishdan olgan jarohatlarini tekshiring.

▫️ Jabrlanuvchi hushida boʼlsa va koʼrinadigan jarohatlar boʼlmasa ham, tez yordam chaqiring.

▫️ Tekshirish paytida jabrlanuvchida aniqlangan holatga qarab birinchi yordam koʼrsating.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech