10:48 (05.05.2023)
17606
Elektr toki urishi bilan bogʼliq baxtsiz hodisalarning deyarli yarmi oʼlim bilan tugaydi.
Shuning uchun, kimnidir elektr toki urgan boʼlsa, qanday yordam koʼrsatilishi kerakligini bilish muhimdir. Buning uchun:
▫️ Hodisa sodir boʼlgan joy siz uchun xavfsiz ekanligiga va jabrlanuvchi elektr toki bilan aloqada emasligiga ishonch hosil qiling.
▫️ Аgar jabrlanuvchi tok bilan aloqada boʼlsa va siz uni qanday oʼchirishni bilmasangiz, unga yaqinlashmang, darhol tez yordam xizmatini chaqiring!
▫️ Аgar joy va jabrlanuvchi siz uchun xavfli boʼlmasa, jabrlanuvchining hushi va nafas olishini tekshiring. Аgar ong va nafas olish mavjud boʼlsa, uning kuyish va yiqilishdan olgan jarohatlarini tekshiring.
▫️ Jabrlanuvchi hushida boʼlsa va koʼrinadigan jarohatlar boʼlmasa ham, tez yordam chaqiring.
▫️ Tekshirish paytida jabrlanuvchida aniqlangan holatga qarab birinchi yordam koʼrsating.