12:00 (12.07.2024)

1621

PFAS kimyoviy moddalari haqida bilasizmi? Ular sogʻliq uchun juda zararli

Euronews Health "doimiy kimyoviy moddalar" deb ataladigan PFASni oʻz ichiga olgan mahsulotlarning beshta umumiy toifalari roʻyxatini tuzdi.

Per- va poliftoralkil moddalar (PFAS), "doimiy kimyoviy moddalar" nomi bilan tanilgan, ular elektronikadan tortib aerokosmikgacha boʻlgan turli sohalarda qoʻllaniladi. Biroq, ular kundalik isteʼmol tovarlariga ham kirib, jamoatchilikni tashvishga solmoqda. 

Bu moddalar foydali, chunki ular suvga chidamli, yogʻ oʻtkazmaydi va dogʻ olmaydigan xususiyatlarga ega. Foydali, lekin ayni paytda zaharli. Ushbu kimyoviy moddalar suvda, tuproqda va havoda boʻlishi mumkin, bu esa inson salomatligiga salbiy taʼsirini oshiradi.

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ular deyarli hamma joyda yomgʻir suvlarida borligi aniqlandi. Ular, shuningdek, suv manbalarida va tobora koʻproq meva va sabzavotlarda uchramoqda.

"Sizning tanangiz ularni parchalamaydi va baʼzi PFAS moddalari tanada yillar davomida, ehtimol uch yildan besh yilgacha qolishi mumkin", deydi dedi Ikan tibbiyot maktabi dotsenti doktor Shelle Lyu Euronewsga. 

Koʻpgina tadqiqotlar bu moddalarni saraton, gormonal nomutanosiblik, reproduktiv funksiyalar bilan bogʻliq muammolar va boshqa muammolar xavfi ortishi bilan bogʻlaydi. Lyu qoʻshimcha qildiki, PFAS taʼsiri immunitet tizimining zaiflashishi, vaksinalarga javobning pasayishi va xolesterin darajasining oshishi bilan bogʻliq . "Siz PFASga duchor boʻlishingiz har doim ham kasal boʻlishingizni anglatmaydi, lekin siz shunday boʻlishingiz xavf ortadi." dedi u.

Kimyoviy moddalar taʼsiridan butunlay qochish deyarli mumkin emas, ammo tahdidlarni kamaytirish juda mumkin. Buning uchun siz PFASni oʻz ichiga olgan baʼzi kundalik mahsulotlardan uzoq turishingiz kerak.

Ovqatni yopishtirmaydigan qoplama bilan qoplangan idishlar

Bunday idishlar, qozonlar PFAS oilasining moddalari bilan qoplangan, bu esa ovqatning yopishib qolishini oldini olishga yordam beradi.

Qoplamalar qizdirilganda, tirnalgan yoki eskirganida, ular pishirilayotgan ovqatga kimyoviy moddalarni chiqarishi mumkin. Taʼsirni kamaytirish uchun odamlar zanglamaydigan poʻlat kabi muqobillarni tanlashlari yoki eski yopishmaydigan idishlarni muntazam ravishda almashtirishlari kerak, dedi Lyu.

Mahsulotlar uchun qadoq

PFAS baʼzan bir martalik oziq-ovqat qadoqlash materiallarida, masalan mikrotoʻlqinli popkorn paketlarida, yogʻni oʻziga singdirmaslik xususiyati tufayli tez tayyorlanadigan ovqatlar oʻramlari va pissa qutilarida ishlatiladi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, muntazam ravishda tashqarida ovqatlanadigan odamlarning qonida PFAS darajasi yuqori.

Bir qator mamlakatlar va kompaniyalar zaharli moddalarni cheklash choralarini koʻrmoqda. Yil boshida Qoʻshma Shtatlarda PFASni oʻz ichiga olgan qadoqlarni ishlatish taqiqlangan edi. Baʼzi tez ovqatlanish tarmoqlari ham butun dunyo boʻylab qadoqlashda PFASdan foydalanishni bosqichma-bosqich toʻxtatish rejalarini eʼlon qilishdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, faqat uyda pishirilgan taomlarni tanlash va PFASsiz deb belgilangan idishlardan foydalanish kimyoviy moddalar taʼsirini kamaytirishni kafolatlashi mumkin.

Kosmetik vositalar

PFAS odatda koʻplab kosmetik mahsulotlarga qoʻshiladi. Ular koʻpincha quyoshdan saqlaydigan kremlar va suv oʻtkazmaydigan maskalar kabi uzoq muddatli effektlarni vaʼda qiladigan mahsulotlarda topiladi. Xavf aniq, chunki moddalar teri orqali qonga singishi mumkin. Taʼsirni kamaytirish uchun " PFAS ni oʻz ichiga olmaydi" deb belgilangan mahsulotlarni xarid qilish lozim.

Shaxsiy gigiyena mahsulotlari

PFAS shuningdek, shaxsiy gigiyena vositalarining keng assortimentiga, shu jumladan kontratseptiv vositalarga qoʻshiladi. Baʼzi ayollar gigena vositalariga PFAS yaxshi singdiruvchanlikni taʼminlaydi.

Mamavation sayti tomonidan Environmental Health News bilan hamkorlikda 2022-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda, sinovdan oʻtgan gigiyena prokladkalarining 48 foizida, shuningdek, tamponlarning 22 foizida, shu jumladan "organik" deb belgilangan ikkita mahsulotda kimyoviy moddalar aniqlangan.

Taʼsirni minimallashtirish uchun isteʼmolchilar PFAS ishlatmasliklarini kafolatlaydigan brendlardan gigiyena mahsulotlarini olishlari kerak.

Suv oʻtkazmaydigan va dogʻga chidamli matolar

Toxic-Free Future atrof-muhit salomatligini tadqiq qilish va himoya qilish tashkilotining hisoboti shuni koʻrsatdiki, sinovdan oʻtgan va suvga yoki dogʻga chidamli deb belgilangan mahsulotlarning 72 foizida PFAS mavjud. Ular orasida gilamlar, kiyim-kechak va matolar bor. Misol uchun, yomgʻir oʻtkazmaydigan plaщlar va vetrovkalarda bu zaharli kimyoviy moddalarni topish mumkin.

Salbiy taʼsirlardan qochish uchun isteʼmolchilar brendning ekologik toza boʻlmagan ingrediyentlar bilan munosabatlariga eʼtibor berishlari kerak.

Doktor Lyuning taʼkidlashicha, PFAS xavfi toʻgʻrisida xabardorlikning ortishi sanoatni "doimiy kimyoviy moddalar" dan foydalanmasdan suv va dogʻlarga chidamli xususiyatlarni taʼminlaydigan muqobillarni topishga undashi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech