11:07 (17.05.2023)

2708

Onlaynmi yoki oflayn: dori-darmonlarni qanday tartibda xarid qilishni afzal koʼrasiz?

IQVIA xalqaro tahliliy kompaniyasi tomonidan oʼtkazilgan tadqiqot davomida qozogʼistonlik bemorlarning dori vositalari, tibbiy buyumlar, BFQ va boshqa sogʼliqni saqlash mahsulotlarini onlayn va oflayn xarid qilishdagi xatti-harakatlarining oʼziga xos xususiyatlari oʼrganildi. Tadqiqot doirasida Qozogʼistonning 16 shahridan 300 nafar respondent bilan onlayn suhbat oʼtkazildi.

Suhbat 2023 yil mart oyida bir nechta ochiq savollardan iborat tuzilgan soʼrovnoma yordamida oʼtkazildi. Oxirgi 6 oy davomida onlayn va oflayn segmentlarda xarid qilish tajribasi oʼrganildi. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilishda foydalaniladigan onlayn platformalar, dorixona tarmoqlari baholandi.

Tadqiqot natijalariga koʼra, respondentlarning qariyb yarmi - 49 foizi dori vositalari va tibbiy buyumlarni oddiy dorixonalar va internet saytlaridan xarid qilishgan, 1/3 qismidan koʼprogʼi esa faqat dorixonalardan xarid qilgan. Respondentlarning atigi 13 foizi barcha farmatsevtika mahsulotlarini internet orqali xarid qiladi. Asosan, bu yondashuv 25-34 yoshdagi respondentlar tomonidan qoʼllaniladi.

Oddiy dorixonalardan respondentlarning katta qismi dori-darmonlarni (80%), gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini (67%) va tibbiy mahsulotlarni (45%) sotib oladi.

Oflayn xaridlarda eng katta talab gripp va shamollashni davolovchi dori vositalar, tish pastalari, antibiotiklar, mikroblarga qarshi vositalarga qaratilgan.

Internetda respondentlar koʼpincha kosmetika, vitaminlar, bioqoʼshimchalar, gomeopatiya, gigiena va ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish vositalarini sotib olishadi.

Shunday qilib, tadqiqot shuni koʼrsatadiki, Qozogʼistonda onlayn savdo kanali rivojlanmoqda, ammo isteʼmolchilar hali ham dori vositalarini dorixonalardan sotib olishni afzal koʼrishadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech